Brifing
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, shuningdek 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida“gi PF–80-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi.
Xususan, 408 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, tashabbus bilan 77 ta yoki yoki o‘tgan yilning 1-choragiga nisbatan 33 taga ko‘p loyiha ishlab chiqildi.
Davlat xizmatlari markazlari orqali 28 ta yangi xizmat turlari joriy qilinib, ularning jami soni 437 taga yetkazildi. 122 ta xizmat tartib-taomillari, 30 ta xizmat “3 qadam” va “foydalanuvchi uchun moslashtirilgan” tamoyil asosida soddalashtirildi. 6 mln.dan ziyod (2024 yilda 4,3 mln.) davlat xizmati ko‘rsatildi.
“Adliya mahalla” va “Onlayn mahalla” platformasi orqali aholining 635 mingdan ortiq huquqiy muammolari qabul qilinib, shundan 320 mingdan yoki 50 foizdan ortig‘i hal etildi.
166 ming fuqaroga birlamchi bepul huquqiy yordam ko‘rsatilib, 15 mingdan ortiq prosessual hujjat loyihalari tayyorlab berildi.
Joylarda 355 mingdan ziyod huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Kelib tushgan 43 mingta murojaatning 77 foizi qonuniy hal etildi.
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan 21 mingdan ortiq davlat tashkilotining 2,4 mln.dan ziyod hujjat loyihasiga, 2024 yilga nisbatan 700 mingtaga yoki 41 foizga ko‘p huquqiy xulosa berildi.
Huquqiy xulosa berish vaqti qariyb 3 baravarga tezlashdi.
Notarial harakatlar soni 1,2 mln.ni tashkil etib, 37 mingdan ortig‘i masofadan onlayn amalga oshirildi (2024 yilda 952 ta).
5 145 ta yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 800 taga ko‘p intellektual mulk ob’yekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi va 895 ta yoki 2024 yilning mos davriga nisbatan 700 taga ko‘p ob’yektning huquqiy himoyasi ta’minlandi.
Vazirlik tashabbusi bilan sun’iy intellekt asosida davlat xizmatlari masalalariga javob topishga ko‘maklashadigan “Odil” chat-boti ishga tushirildi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi loyiha.adliya.uzda tartibga solish ta’sirini baholash (TSTB) moduli yaratildi.
Huquqiy axborotni yetkazish raqamlashtirilib, barcha qonunchilik hujjatlarini joylardagi rahbarlar va mas’ullarning shaxsan tanishishi uchun Yagona huquqiy axborot almashish tizimi Idoralararo hujjat aylanish (edo.ijro.uz) tizimiga integratsiya qilindi.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi qarori bilan Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tashkil etilib, institutga zamonaviy talab va jarayonlarni hisobga olgan holda mutaxassislarni qayta tayyorlash
hamda malakasini oshirish, ilmiy-metodik va konsultativ jihatdan ta’minlash, yuridik ta’limda kazus va keys texnologiyalar asosida o‘qitishni tashkil etish vazifalari yuklatildi.
AXBOROT XIZMATI