Bozor hududida oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida isteʼmolga yaroqsiz 140 kg goʻsht va 30 litr sut mahsulotlari aniqlanib yoʻq qilindi

Bozor hududida oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida isteʼmolga yaroqsiz 140 kg goʻsht va 30 litr sut mahsulotlari aniqlanib yoʻq qilindi

Toshkent viloyati IIBB

Toshkent viloyati IIBB PPX va JTSB Karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi xodimlari tomonidan viloyat hududida turli xavfli kasalliklarini tarqalishini oldini olish boʻyicha bozorlar, savdo rastalari, shuningdek, aholi yashash xonadonlarida veterinariya-sanitariya qoidalariga amal qilinishi yuzasidan targʻibot va nazorat-reyd tadbirlari tashkil etilmoqda.

IIBB Axborot xizmati

Yangiyoʻl shahari markazida joylashgan Dehqon bozorida oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida fuqarolar A.Umarov va Z.Zayniddinovlar 137 kg veterinariya maʼlumotnomalari boʻlmagan parranda ichki aʼzolarini, sanitariya qoidalariga zid ravishda sotayotganligi aniqlanib, mahsulotlar zararsizlantirish yoʻli bilan yo'q qilingan.

IIBB Axborot xizmati

Bundan tashqari sut va sut mahsulotlari bilan shugʻullanuvchi sotuvchilar orasidan isteʼmolga yaroqsiz jami 29 litr yelim idishlardagi sut va sut mahsulotlari olinib oʻrnatilgan tartibda yoʻq qilindi.

IIBB Axborot xizmati

Kelgusida salbiy oqibatlarni oldini olish maqsadida aniqlangan holatlar yuzasidan dehqon bozor hududida keng koʻlamli tushuntirish ishlari olib borildi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq ushbu xizmat xodimlari tomonidan “Sifatsiz goʻsht mahsulotlari yoʻq qilingani ” haqida xabar berilgan edi.

IIBB Axborot xizmati




Report Page