Boysun tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablarida Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar natijadorligini oshirish va “Kuzgi ta’til” davomida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish” m…
Joriy yilning 4-noyabr kuni Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi bilan hamkorlikda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 5-maktabning Ma’naviyat xonasida “Ta’lim muassasalarida Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar natijadorligini oshirish, ushbu yo‘nalishda mas’ullarning kunlik va haftalik rejasini belgilab olish va “Kuzgi ta’til” davomida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda tumandagi umumta’lim maktablarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ahvoli, o‘quvchi yoshlar tomonidan 2023-yil 9 oyi davomida sodir etilgan jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlari, ularga sabab bo‘lgan omillar, 2023-2024-o‘quv yilining 1-choragi yakuni kuzgi ta’til davrida maktablarda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, odob-axloq va kiyinish madaniyati to‘g‘risida fikr yuritildi. Seminar yakunida mas’ullarning bu boradagi taklif va mulohazalari tinglanib, kuzgi ta’til davrida umumta’lim maktablarida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.