"Boysun bahori" festivaliga oz qoldi

"Boysun bahori" festivaliga oz qoldi

"Geoinnovatsiya markazi" DUK, Axborot xizmati

Joriy yilning 7-8 may kunlari tog‘li Boysun tumanidagi so‘lim Padang qishlog‘ida “Boysun bahori” ochiq folklor festivali bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, "Geoinnovatsiya markazi" DUK va boshqa bir qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilayotgan festivalga puxta hozirlik ko‘rilmoqda.

Ming yillardan buyon mamlakatimizda asrab-avaylab kelinayotgan bunday nodir va noyob boyliklarning “Boysun bahori” ochiq folklor festivalida keng tarannum etilayotganida chuqur maʼno bor. Zero, dunyo ahlini o‘z bag‘riga chorlayotgan maftunkor Boysun – YUNESKO tomonidan “Insoniyatning og‘zaki va nomoddiy madaniy merosi” durdonasi sifatida eʼtirof etilib, 2008 yilda YUNESKOning “Insoniyatning nomoddiy madaniy meros” reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan.

Shu munosabat bilan "Geoinnovatsiyta markazi" DUK jamoasi festivalga tashrif buyurgan mehmonlar uchun 500 tadan ortiq dronlar ishtirokida Dronlar shousi o'tkazadi. Ayni damda jamoa Boysunga yetib bordi va tayyorgarlikni boshladi.


Report Page