Boylikni rejalashtiring

Boylikni rejalashtiring

Oybek Qosimov

Assalom alekum ahli you tube va ahli telegram bizni kuzatib borayotganlar sizlar bilan men Oybek Qosimov meni ovozli vlogimda. Hozirgi kunda Robert Kiosakini "Sarmoya tikish san'ati" degan kitobni o'qiyabman. Shu kitobda bir qiziqarli jumlani o'qib qolgandim shuni sizlar bilan bo'lishmoqchiman. "Boy bo'lishni rejalashtiring" juda ko'p odamlarni boy bo'lgisi keladi, yaxshi yashagisi keladiku lekin boy bo'lishni rejalashtirmaydi. Men ham 8 yildan buyon boy bo'lishni rejalashtirebman va hudoga shukur shu rejam bo'yicha daromadim ham oshayabdi, harakatim ko'payayabdi, bilimim ham oshayabdi. 8 yil avval men boy bo'lishni rejalashtirmaganman, aniqrog'i 8 yil oldin uylangandan keyin rejalashtirganman, uylangunimcha boylikni farqi yo'q edi chunki bo'ydoq bola kuniga 20 ming so'm choyxonaga pul topsa bo'ldi yetadi shu, playstationga yetarli pul topsam bo'ldi edi. Uylanganimdan keyin masuliyat ko'paydi, meni ayolim bor oilani boshiman, menda kamanda bor, kamandani ham masuliyati menga tushayabdi. Kichik bir kompaniyani rahbari bo'ldim, oilamni rahbari. Oldin o'zimga-o'zim rahbar edi, undan keyin men boylikni rejalashtirishni boshladim. O'sha vaqtda qo'limga Adam Jeksonning boylikning 10 ta siri degan kitobi tushib qoldi. Boylikni rejalashtirmayotganlar boy bo'lish qiyin, boy bo'lishmumkinmas, men hech qachon boy bo'lolmayman hozirgi oddiy oylikim bilan yaxshi yashayabman. Wng muhumi boy bo'lish emas bahtli yashash, pulsiz ham bahtli yashasa bo'ladi. Boylar ko'p kasal bo'ladi, pul bu hamma dardni muammosi, puling ko'p bo'lsa kechasi uyquing kelmaydi seni ham puling o'payib ketsa kechasi uhlay olmaysan shunaqa gaplar. Bu gaplar kambag'allikni rejalashtirish gaplari. Agar siz ham boy bo'lish menga emas men hech qachon boy bo'lolmayman, boylik bu yomonlik deb gapirayotgan bo'lsez sizlarga vazifa Robert Kiosaki shu vazifani bajargan,unga borib otang bilan birga faqat ikkingiz ovqatlanib pul haqida gaplashgin degin. Ular ovqatlanib bo'lgandan keyin nima dedi otang desa ? Otam doim aytadigan gaplarini aytdi boy bo'lish menga emas, men o'qituvchilik oyligim bilan boy bo'lib keta olmayman. Eng muhumi boylik emas bahli yashash, men hozir ham bahtli yashayabman. Muhumi yaxshi nafaqaga chiqish yaxshi nafaqa olaman, yeb-ichishimga pul bo'lsa bo'ldi qolgani meni qiziqtirmaydi. Kambag'al odamni gaplari. Shunda boy otasi nimani ko'rding desa otam boy bo'lish rejasini tuzmayotganini ko'rdim. Yani boylikni ham rejalashtirish kerak. Boylikni qanday qilib rejalashtiradi ? 

Boylikni rejalashtirish men boy bo'laman deydi hudohohlasa boy bo'laman yaxshi niyat qilib ko'p odamlarga yordam beraman, katta-katta ehson qilaman maktablar quraman, yetim bollarga yordam berish bu boylikni rejalashtirish. Siz hech qachon boylikni yomon deb o'ylamag Saidmurod Davlatov aytgan gap bor boy bo'lib ko'r agar yoqmasa yana kambag'al bo'lib olaverasan deydi, kambag'al bo'lishdan ossoni yo'q. Shuning uchun boylikni rejalashtiring.Hech qachon boylik haqida negativ narsalarni gapirmang, ko'p odam aytadiku eng muhumi bahtli bo'lish. Agar puliz bo'lmasa qayerda bahtli bo'lasiz ? Puliz bo'lmasa kasal bo'lganizda dori-darmon ham ololmaysiz. Puliz bo'lsa ko'piroq dam olasiz, ko'piroq madaniy hordiq olasiz, ko'piroq vaqtizni oilangiz bilan o'tkazasiz. Men o'zimdan qiyos qilib aytaman 6 kun ish 1 kun dam, 1 kun ertalabdan kechgacha dam olaman. Ko'pincha juma va yakshanba kuni bo'ladi o'sha kuni telefonlarga ham javob bermayman, instagramga ham kirmayman, o'sha kuni yo'q bo'lib qolaman 1 kunga. Bu nima uchun ? Hudoga shukur men daromadim bor pul haqida o'ylamayman. O'sha dam kuni men faqat pul sarflash haqida o'ylayman. Shuning uchun ham sizlarga vazifa boylikni rejalashtiring, kambag'allikni rejalashtirmang. Uyizdagilar bilan ota-onangiz bilan boylik haqida gaplashib ko'ring, shunda u yaqinizni boylik haqida nimani rejalashtirganini bilib olasiz. Agar u boy bo'lish haqida gapirayotgan bo'lsa u boylikni rejalashtiradi va 1 kun kelib o'sha inson boy bo'ladi. Lekin boylik haqida negativ gapirayotgan odam bilingki u hech qachon boy bo'lmaydi, sizni rejangiz boy bo'lish bo'lsa sizlar birga bo'lolmaysizlar vaqti soati kelib ajralasizlar bir-biringizni tushunmay qolasizlar. Doimo boy bo'lishni rejalashtiring boy bo'lish bu yaxshiroq, ko'piroq odamga yordam berish imkoniyatingiz bo'ladi. Sizlar bilan men Oybek Qosimov sog' bo'lizlar.

Mening you tube kanalim:

Oybek Qosimov vlog

Report Page