Botni vps serverda ishga tushurish

Botni vps serverda ishga tushurish

SHUHRAT XOLMATOV

1.Birinchi navbatda serverga kirishimiz kerak buning uchun uchun ishlatishga qulay bo'lgan Putty dasturidan foydalanamiz.Agar siz Linuxda bo'lsangiz bu sizga kerak bo'lmaydi.Putty dasturini o'rnatish uchun link:

https://www.putty.org/

Dasturga kiramiz va host name degan joyiga serverimiz ip manzilini yozamiz va open tugmasini bosamiz.

Endi login degan joyiga serverimiz loginini (defalut holatda root deb nomlangan bo'ladi) kiritamiz va passwordga serverimiz parolini kiritamiz.Odatda server logini,paroli va boshqa serverga oid ma'lumotlar server sotib olingan payda telefon raqam yoki email pochtaga yuboriladi.Agar sizga kelmagan bo'lsa, server sotib olgan hosting provayderingizdan kabinetingizga kirib bilb olishingiz mumkin.

Demak sudoni o'rnatamiz:

apt install sudo

Serverda o'rnatilgan paketlarni yangilaymiz.Buning uchun quyidagi buyruqlarni yozamiz:

sudo apt update

Keyin ushbu buyruqni yozamiz:

sudo apt upgrade -y

Pipni o'rnatamiz:

sudo apt install python3-pip

Venv virtual muhitini o'rnatamiz:

sudo apt install python3-venv

Screen dasturini o'rnatamiz:

sudo apt install screen

Loyihamiz uchun papka yaratamiz:

mkdir telegrambot

Papkani ichiga kiramiz:

cd telegrambot

Endi biz loyihamiz fayllarini ushbu papkaga o'tqazishimiz kerak.Buning uchun Filezilla nomli dasturdan foydalanamiz.Dasturni o'rnatish uchun link:

https://filezilla.ru/get/

Dasturni ochamiz:

Hostga serverimiz ip manzilini, Имя пользователя ga loginimizni, Пароль ga parolimizni,portga 22 ni kiritamiz va быстрое соединение ni bosamiz.Daturni chap tarafida bizning fayllarimiz turgan papkalar o'ng tarafida esa serverdagi papkalar joylashgan bo'ladi.Demak yaratgan telegram bot nomli papkamizga kiramiz.Chap tarafdan loyihamiz fayllarini qidirib topib, belgilab turib serverga tashaymiz.Dasturni afzalligi agar fayl serverda bo'sa faylni yangilab qo'yadi.

Yangi virtual muhit yaratmiz:

Loyiha papkasida ekanligingizga amin bo'ling ya'ni virtual muhit loyiha papkasini ichida yaratilishi kerak.

python3 -m venv dan keyin virtual muhit nomini kiritamiz.venv deb nomlasak ham bo'ladi.Shunda buyruqni shunday yozamiz:

python3 -m venv venv

Virtual muhitni faollashtiramiz:

source venv/bin/activate

Loyihamiz uchun kerakli kutubxonalarni pip orqali o'rnatamiz.Har bir kutubxonani alohida o'rnatmasdan req.txt fayl ochib unga kerakli kutubxona va modullarni qatorma qator yozib, saqlaymiz va Filezilla yordami ushbu serverdagi telegrambot papkasiga tashlaymiz.

Endi biz shunchaki pip install -r req.txt deb yozamiz.

Kutubxonalar o'rnatilgach,screen yordamida sessiya yaratmiz:

screen -S dan keyin screenga nom beramiz.Misol uchun mana bunday deb:

screen -S telegrambot

Endi botimizni main faylini yurgizamiz misol uchun main.py yoki app.py bo'lishi mumkin.Shunda buyruq shu holatda bo'ladi:

python3 app.py

Botimiz ishga tushdi.Terminalni yopsak ham botimiz ishlayveradi.Screen dasturini vazifasi shu ya'ni sesiyalarni saqlab qoladi.Botni to'xtatish uchun Putty orqali serverga qayta kiramiz.Quyidagi buyruq orqali screenimizga ya'ni sessiyamizga o'tamiz:

screen -r telegrambot

Bu yerdan Ctr+A va K tugmalarini bosamiz y ni bosamiz.Screenimiz o'chadi va sessiyamiz yakunlanadi.



Report Page