Botdan foydalanish bo‘yicha qo‘llanma!

Botdan foydalanish bo‘yicha qo‘llanma!

Davlat test markazi

1. Diagnostik test materiallarini yuklab olish.

Diagnostik test materiallarini yuklab olish uchun asosiy menyudagi “Diagnostik test materiallari 📚” bo‘limiga kirib, test sinovi tilini tanlash lozim (1-rasm).

1-rasm. “Diagnostik test materiallari” menyusi

Test sinovi tili tanlanganidan so‘ng fanlar ro‘yxati yuboriladi. Qaysi fandan test savollari kerak bo‘lsa, tegishli fan nomi ostidagi “+” tugmasi bosiladi.

Eslatma: bir buyurtmada har bir fan orqali faqat 1 ta kitob yuklab olish mumkin (2-rasm).
2-rasm. Fan tanlash menyusi.

Kerakli fanlar tanlangach, “Tanlanganlarni yuklab olish” tugmasi bosiladi (3-rasm).

3-rasm. Fan tanlash menyusi.

Shundan so‘ng tanlangan fanlardan test materiallarining elektron formatdagi shakli va tasdiqlash kodi yuboriladi (4-rasm)

4-rasm.
Eslatma: test natijalari mazkur tasdiqlash kodi orqali tekshiriladi.

2. Natijalarni tekshirish.

Natijalarni tekshirish uchun asosiy menyudagi “Diagnostik test materiallari 📚” bo‘limiga kirib, “Natijalarni tekshirish” tugmasi bosiladi (5-rasm).


5-rasm. “Diagnostik test materiallari” menyusi

Natijani bilish uchun dastlab kitob raqami yuboriladi.

Eslatma: Kitob raqami 7 xonadan iborat bo‘lib, kitob raqami kitobning yuqori qismida keltirilgan bo‘ladi. Shuningdek, yuklab olingan pdf faylning nomi kitob raqami bilan mos tushadi. (6-rasm).
6-rasm. Kitob raqami.
7-rasm. Kitob raqamini yuborish.

Natijalarni bilish uchun jo‘natilgan kitob raqamiga mos tasdiqlash kodini yuborish lozim. Tasdiqlash kodi har bir buyurtmada kitoblar bilan birga yuboriladi (4-rasm). Tasdiqlash kodi botga yuborilgandan so‘ng 2 sahifaga bo‘lingan javoblarni belgilash shakli yuboriladi (8-rasm).

8-rasm. Javoblar belgilash shakli, 1-sahifa.

Mazkur shaklda savolga mos javobni belgilash lozim. Agarda biror savolga xato javob belgilansa 🔄 tugmasini bosib, javobni qayta belgilash mumkin. Birinchi 15 ta savolning javoblari 1-sahifadan, 16 dan 30 gacha bo‘lgan savollarning javoblari esa 2-sahifadan belgilanadi (9-rasm).

9-rasm. Javoblar belgilash shakli, 2-sahifa.

Barcha savollarga mos javoblar belgilangandan so‘ng “Natijalarni yuborish” tugmasi bosiladi.

Keyingi qadamda foydalanuvchiga javoblarni qayta tekshirib chiqish va tasdiqlash uchun belgilangan javoblar yuboriladi (10-rasm).

10-rasm. Tasdiqlash oynasi.
Eslatma: Bunda foydalanuvchi tomonidan belgilanmagan javoblar * belgisi bilan ko‘rsatiladi.

Belgilangan javoblar yana bir bor tekshirilgandan so‘ng “Tanlanganlarni tasdiqlash tugmasi bosiladi.

11-rasm. Natija.
Eslatma: har bir foydalanuvchi bitta savollar kitobini faqat 2 marta tekshirishi mumkin! 


Davlat test markazining rasmiy sahifalari:

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Telegram Bot

Biz bilan bog‘lanish 📞: 1195

Report Page