PPX xodimlari tomonidan bosqinchilikda gumonlangan shaxslar ushlandi.

PPX xodimlari tomonidan bosqinchilikda gumonlangan shaxslar ushlandi.

IIV JXD

2021-yil 29-dekabr kuni, Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida joylashgan 44-sonli JIEK va Boʻka tumanida joylashgan 43-sonli JIEKdan 1987-yilda tugʻilgan A.M., 1992-yilda tugʻilgan U.A. va 1997-yilda tugʻilgan U.I. lar qochib ketgan.

Ushbu shaxslar 2022-yilning 5-yanvar kuni “Toshkent-Namangan” yoʻnalishida haydovchilik bilan shugʻullanib kelayotgan, Namangan viloyati, Uychi tumani, Mashat qishlogʻi, Mirobod koʻchasi, 111-uyda yashovchi, 1978 ytlda tugʻilgan N.Sh.ga Toshkent shahriga olib borib qoʻyishini soʻrab murojaat qilgan va yoʻl kira haqini kelishgan.

Biroq, Toshkent viloyati, Ohangaron shahri hududida haydovchiga xujum qilib, 500 AQSH dollari, 100.000 soʻm pullari va “RedMi Note-9” rusumli telefonini bosqinchilik yoʻli bilan qoʻlga kiritib, uning ogʻzi, ikkala qoʻl va oyoqlarini bogʻlab, boshqaruvida boʻlgan “Kobalt” rusumli avtomashinaning orqa yukxonasiga solib, Jizzax shahar, A.Navoiy MFY hududiga tashlab, voqea joyidan qochib yashirinishgan.

Shuningdek, ushbu bosqinchilik jinoyatini sodir etib yurgan shaxslar jinoiy faoliyatini davom ettirib, 2022-yil 7-yanvar kuni, Andijon viloyati, Shahrixon tumani, Voxim MFY, Soyguzar koʻchasida yashovchi, 1991-yilda tugʻilgan M.O. bilan yoʻl kira narxini kelishgan holda Toshkent shahriga olib borib qoʻyishini soʻrashgan.

Ammo, Toshkent viloyati, Qibray tumani hududida haydovchiga xujum qilib, 11.650 AQSH dollari va “SAMSUNG” rusumli uyali telefonini bosqinchilik yoʻli bilan qoʻlga kiritib, uning ogʻzi, ikkala qoʻl va oyoqlarini bogʻlab, boshqaruvida boʻlgan “Kobalt” rusumli avtomashinaning orqa yukxonasiga solib, Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Oʻrtamasjid MFY, Uysozlar koʻchasiga tashlab, voqea joyidan qochib yashirinishgan.

Ushbu holatlar yuzasidan tezkor harakatlar olib borilib, bosqinchilik jinoyatini sodir qilganlikda gumonlangan fuqarolar boʻyicha ijtimoiy tarmoqlarda eʼlonlar berildi. Shundan soʻng, gumonlanuvchilardan biri, 1997-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan besh marotaba sudlangan U.I haydovchilar koʻmagida Farogʻona viloyati, Uchkoʻprik tumanida ushlanib IIBga topshirilgan.

1997-yilda tugʻilgan U.I.

2022-yil 9-yanvar kuni soat 20:45larda PPX xodimlari Sh.Meliqoʻziyev va X.Xoʻjaqulovlar tomonidan, 1992-yilda tugʻilgan, bosqinchilikda gumonlangan U.A. Qoʻqon shahridagi “Troya” nomli tungi klub atrofida ushlangan.

1992-yilda tugʻilgan U.A.

2022-yil 10-yanvarga oʻtar kechasi tezkor qidiruv ishlari mobaynida, PPX xodimlari M.Sultonov, M.Boynazarov hamda R.Esonaliyevlar tomonidan, 1987-yilda tugʻilgan, bosqinchilikda gumonlangan A.M. Qoʻqon shahar, Charhiy mavzesida ushlangan.

1987-yilda tugʻilgan A.M.

Mazkur gumonlanuvchilarning qoʻlga olinishida oʻz hissasini qoʻshgan jamoatchilik vakillari hamda faollik koʻrsatgan xodimlarga minnatdorchilik bildiramiz.

Report Page