Boshqaruv Raisi (CEO) – «Asakabank» AJ
Kompaniya haqida:
Asakabank - O‘zbekistonning korporativ biznes, kichik va o‘rta tadbirkorlik (KO‘B) va chakana banking segmentlarida faoliyat yurituvchi yetakchi tizimli ahamiyatga ega davlat banki. Bank keng mijozlarga kompleks moliyaviy xizmatlar ko‘rsatadi, hududlarda iqtisodiy o‘sish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga hissa qo‘shadi.
Hozirgi kunda Bank daromadlilik, operatsion samaradorlik va umumiy natijadorlikni oshirishga qaratilgan strategik transformatsiya bosqichidan o‘tmoqda. Ushbu jarayon doirasida bank xususiylashtirishga tayyorlanmoqda, bu esa raqobatbardosh bozor sharoitida barqaror uzoq muddatli rivojlanishni ta'minlaydi.
Lavozimning qisqacha tavsifi:
Biz transformatsiya jarayonida “Asakabank”ni boshqarib boradigan hamda uni xususiylashtirishga tayyorlaydigan, strategik fikrlaydigan va faol yetakchilik qobiliyatiga ega Boshqaruv Raisini izlamoqdamiz. Ideal nomzod - tashkiliy o‘zgarishlarni boshqarish, yuqori samarali jamoalarni shakllantirish va o‘lchanadigan natijalarga erishish bo‘yicha tasdiqlangan tajribaga ega, tan olingan yetakchi. Mazkur lavozim yuqori darajadagi strategik kompetensiyalarni, manfaatdor tomonlar (stakeholderlar) bilan samarali hamkorlik qilish ko‘nikmalarini hamda tartibga solinadigan va raqobat muhitida samarali faoliyat yuritish qobiliyatini talab etadi. Boshqaruv Raisi Kuzatuv kengashiga hisobdor bo‘lib, Bankning korporativ madaniyati, strategiyasi va operatsion faoliyatini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Tanlovda dunyoning turli mamlakatlaridan malakali nomzodlar ishtirok etishi mumkin.
Asosiy vazifalar:
- Strategik yetakchilik va istiqbolni ko‘ra bilish: Daromadlilik, samaradorlik va raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan transformatsiya maqsadlariga muvofiq Bankning rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish.
- Jamoani shakllantirish va rivojlantirish: Yuqori professional boshqaruv jamoasini shakllantirish hamda iste’dodlarni jalb etish, saqlab qolish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi samarali tashkiliy muhitni yaratish.
- Korporativ madaniyatni transformatsiya qilish: Innovatsionlik, moslashuvchanlik va mijozga yo‘naltirilganlikni rivojlantirish maqsadida tashkiliy madaniyatni transformatsiya qilish hamda halollik, hisobdorlik va professional mukammallik tamoyillarini tizimli ravishda joriy etish.
- Natijaga yo‘naltirilganlik: Korporativ biznes, kichik va o‘rta biznes hamda chakana bank segmentlarida ulkan, ammo erishish mumkin bo‘lgan maqsadlarni belgilash; samaradorlik ko‘rsatkichlariga (KPI) erishish; barqaror moliyaviy natijalarni ta’minlash strategiyalarini joriy etish.
- Operatsion transformatsiya: Bankning raqamli va operatsion transformatsiyasini boshqarish, jarayonlarni optimallashtirish, texnologiyalarni joriy etish va xatarlarni boshqarish tizimini takomillashtirish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish samaradorligi va sifatini oshirish.
- Manfaatdor tomonlar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish: Davlat organlari, tartibga soluvchilar (regulyatorlar), aksiyadorlar, investorlar, xodimlar va mijozlar bilan samarali munosabatlarni shakllantirish va qo‘llab-quvvatlash. Bank strategiyasi va faoliyati natijalari bo‘yicha ochiq va shaffof aloqani ta’minlash.
- Xatarlarni nazorat qilish va komplayens: Bank aktivlari va obro‘sini himoya qilish uchun samarali korporativ boshqaruv tizimini ta’minlash, xalqaro bank standartlariga rioya qilish va faol xatarlarni boshqarish tizimini joriy etish.
- Moliyaviy boshqaruv: Bankning barqaror o‘sishini ta’minlash maqsadida budjetlashtirish va moliyaviy rejalashtirish tizimini boshqarish, resurslarni strategik taqsimlash hamda daromadlilikni oshirishga qaratilgan moliyaviy siyosatni amalga oshirish.
- Bozorni kengaytirish va innovatsiyalar: Bankning O‘zbekistondagi va xalqaro miqyosdagi mavqeini mustahkamlash maqsadida yangi mahsulotlarni ishlab chiqish, bozorlarni kengaytirish hamda strategik hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini aniqlash va amalga oshirish.
Malakaviy talablar:
Ma’lumot:
· Biznes boshqaruvi, moliya, iqtisodiyot yoki tegishli sohalar bo‘yicha magistr darajasi yoki boshqa akademik daraja (masalan, MBA, moliya magistri). Professional sertifikatlarning (CFA, CPA yoki shunga teng malaka) mavjudligi muhim afzallik hisoblanadi.
Ish tajribasi:
- Bank yoki moliya sohasida kamida 10 yillik boshqaruv tajribasiga ega bo‘lish, shundan kamida 5 yilini C-level darajasidagi yuqori rahbarlik lavozimlarida (Boshqaruv Raisi, Boshqaruv Raisi o‘rinbosari yoki ularga teng lavozimlarda) taqqoslanadigan moliyaviy tashkilotda faoliyat yuritgan bo‘lishi lozim.
- Moliyaviy sohada yirik transformatsion loyihalarni (jumladan raqamli transformatsiya), biznes-jarayonlarni optimallashtirish hamda tashkiliy madaniyatni o‘zgartirish bo‘yicha tasdiqlangan tajribaga ega bo‘lish.
- Xususiylashtirish, qo‘shilish va qo‘shib olish, strategik sotish yoki moliyaviy tashkilotlarni ro‘yxatga olish jarayonlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish tajribasi ustunlik beradi.
- Rivojlanayotgan bozorlar amaliyoti, muammoli aktivlarni qayta tashkil etish va sog‘lomlashtirish bo‘yicha chuqur tushunchaga ega bo‘lgan holda korporativ, kichik va o‘rta biznes hamda chakana bank segmentlarida yetarli ish tajribasiga ega bo‘lish.
- Moliyaviy va/yoki operatsion maqsadlarga erishish va murakkab loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda tasdiqlangan natijalar.
Malaka va ko‘nikmalar:
· Yetakchilik va strategik fikrlash: o‘zgarishlar sharoitida jamoalarni ilhomlantirish va boshqarish qobiliyati, bozor tendensiyalari va imkoniyatlarini strategik jihatdan oldindan ko‘ra bilish.
· Jamoani shakllantirish va rivojlantirish: malakali mutaxassislardan iborat jamoalarni tanlash va shakllantirishda tajribaga ega bo‘lish, xodimlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish.
· Madaniy o‘zgarishlarni boshqarish: tashkiliy madaniyatni tahlil qilish va yuqori samarali hamda moslashuvchan muhit yaratish bo‘yicha tashabbuslarni amalga oshirish ko‘nikmalari.
· Natijaga yo‘naltirilganlik: ma’lumotlarni tahlil qilish asosida SMART-maqsadlarni shakllantirish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash qobiliyati.
· Transformatsion qobiliyatlar: raqamlashtirish, texnologiyalarni joriy etish, jarayonlar reinjiniringi va innovatsiyalarni o‘z ichiga olgan to‘liq siklli biznesning keng qamrovli o‘zgarishlarini boshqarishda malakaga ega bo‘lish.
· Manfaatdor tomonlar bilan muloqot: shaxslararo muloqot va yuqori darajadagi muzokaralar olib borish, shu jumladan tartibga soluvchilar, investorlar va hamkorlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish ko‘nikmalari.
· Tahliliy va strategik qobiliyatlar: asosli qarorlar qabul qilish uchun murakkab moliyaviy ma’lumotlar, bozor dinamikasi va xatarlarni tahlil qila olish.
· Raqamli va texnologik kompetensiya: modernizatsiyani ilgari surish uchun fintech tendensiyalari, raqamli bank platformalari va yangi texnologiyalarni bilish.
· O‘zbekiston bank sektoridagi ish tajribasi afzallik beradi.
Shaxsiy fazilatlar:
· Yuqori darajadagi axloqiy me’yorlar va stressga chidamlilik.
· Intiluvchanlik, novatorlik va moslashuvchanlik.
· Muammolarni hal qilish bo‘yicha rivojlangan ko‘nikmalar.
· Ingliz va rus tillarini bilish, o‘zbek tilini bilish afzallik hisoblanadi.
Biz taklif qilamiz:
· Raqobatbardosh kompensatsiya to'plami, shu jumladan asosiy ish haqi, ish haqi bonuslari va kengaytirilgan ijro etuvchi imtiyozlar.
· O‘zbekiston bank sektorida transformatsiya va xususiylashtirish jarayonlarida ishtirok etish imkoniyati.
· Kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.
· Chet ellik nomzodlarni ko‘chib o‘tish jarayonini qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan zarur bo‘lganda viza bilan ta’minlash.
Ariza berish tartibi:
Nomzodlar recruitment@asakabank.uz manziliga (yoki www.career.asakabank.uz karyera portali orqali) batafsil rezyume, tegishli tajribani tavsiflovchi ilova xat (Motivation letter) hamda nomzod haqida tavsiyalar yuborishlari lozim. Arizalar kelib tushishiga qarab 2026-yil 10-martgacha ko‘rib chiqiladi. Asakabank teng imkoniyatlar taqdim etuvchi ish beruvchi sifatida, turli kasbiy va madaniy muhitlardan kelgan nomzodlarni mamnuniyat bilan qabul qiladi.
Barcha talabgorlarga qiziqish bildirganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz, biroq tanlovning keyingi bosqichlariga faqat qisqa ro‘yxatga kiritilgan nomzodlar taklif etiladi.
Qo‘shimcha ma’lumotni quyidagi aloqa telefoni orqali olish mumkin: +998 78 147-65-65 / ichki: 12-01