“Boshqalarning bizga yoqmaydigan jihatlari o‘zimizda ham mavjuddir”. Buning ma’nosi nima?

“Boshqalarning bizga yoqmaydigan jihatlari o‘zimizda ham mavjuddir”. Buning ma’nosi nima?


Psixologiyadagi  ushbu jumlaga ko‘pchiligingiz duch kelgan bo‘lsangiz kerak. U anchagina mashhur va tadqiq qilingan bo‘lishiga qaramay, ko‘pincha noroziliklarga ham sabab bo‘ladi. Ehtimol, aynan shu ko‘rinishida qabul qilinishi va tushunilishi juda qiyinligi uchundir.

 

Keling, boshqachasiga aytib ko‘ramiz. O‘zimizda mavjud bo‘lgan, ammo namoyon bo‘lishiga ruxsat bermaydigan jihatlarimizni boshqalarda ko‘rsak, jahlimiz chiqadi, hasadimiz keladi. Shuning uchun bu odamlarni yoqtirmaymiz.

 

Klassik misol. Dam olish kuni er uzoq vaqt divanda yotsa, xotini esa ishlarni qilish va tinmaslika MAJBUR bo‘lsa, dam olayotgan juftining ko‘rinishi asabiga tegadi. Chunki o‘zimizga ruxsat berolmaydigan va hasadimizni keltiradigan boshqalarning jihatlarini yoqtirmaymiz.

 

Keyin esa nega o‘zingizga ruxsat berolmasligingizni anglashga harakat qilishingiz kerak. Bunda ustanovkalar, ishonchlar, tarbiya, kimningdir ta’siri, shaxsiy tajriba sabab bo‘layotgandir. Albatta, ular bilan ishlash lozim.

 

Jumlaning “O‘zimizda mavjud” degan qismini tushunish qoldi. Buning uchun uni ham kengaytiramiz – o‘zimizda mavjud bo‘lgan, biz xohlagan, bizga yaqin, biz yoqtirgan, ammo yashirgan va ochiq namoyon qilmagan (chunki mumkin emas!) deya.

Yana chuqurroq bormoqchilar uchun – o‘zimizda qabul qilolmaydigan jihatlardan asabiylashamiz. Jumladan nozori bo‘luvchilar aynan shunga ko‘ra qarshilik qiladi.

 

Qizg‘anchiqlar yoqmasa, o‘zingiz juda saxiy kishimisiz? Demak psixikangizda “meniki, hammasi meniki, bermayman” deya to‘polon qilayotgan qism bor. Ammo uni ezib qo‘ygan va erkinlik bermayotgan, shuningdek urushib, qizg‘anchiqlikni noto‘g‘ri va yomon deb hisoblaydigan boshqa qism bor. Va siz o‘zining ziqnaligini unchalik yashirmaydigan odamga duch kelasiz. Axir bu adolatsizlik, siz yashirishga urinyapsiz, u esa yoq, nega? Mana asabiylashdingiz. Qizg‘anchiqlik mumkin va normal deb hisoblagangizda, asabiylashmas edingiz.

 

Ayniqsa yillar davomida yo‘qotishga, tuzatishga, ezishga harakat qilgan jihatlarimizni boshqalarda ko‘rsak, juda asabiylashamiz. Boshqalar esa bizday yo‘l tutmagan.

 

Alina Karimova


Sarvinoz Omonova tarjimasi


Kanalga ulanish: Psixologning qaydlari

Report Page