Boshqacha golubsiylar 😋
Assalomu alaykum, yaqinlarim. Bugun sizlar bilan karamli golupsi tayyorlaymiz😋❤️⚠️ Bunaqasini aniq tayyorlab koʻrmagansiz.
✅ Karam – 1 dona
✅ Pomidor – 1 dona
✅ Qiyma – 300gr
✅ Piyoz – 1 dona
✅ Sabzi – 1 dona
✅ Tomat – 1 osh qoshiq
✅ Koʻkatlar
✅ Taʼbga koʻra tuz, paprika va murch
🧑🍳 Tayyorlanishi:
Dastlab karamimizdan 4 dona doira kesib olamiz va usti-ostiga tuz, paprika hamda murchlarni sepamiz. Endi nachinkasini tayyorlaymiz. Piyoz va sabzini mayda qilib toʻgʻrab, yogʻda qovurib olamiz.
— Alohida idishga qovurib olgan sabzi hamda piyozimizni qiyma bilan aralashtiramiz. Koʻkatlar ham qoʻshib yuborsak, yana ham mazali boʻladi. Taʼbga koʻra tuz, paprika va murchlarni sepib, 1 osh qoshiq tomat solib, qoʻlimiz bilan yaxshilab aralashtiramiz.
— Nachinkamizdan dumaloq kokletlar yasab, karamning ustiga qoʻyib, qoʻlimiz bilan bosib, doira shakliga keltiramiz. Ustiga pomidordan doiralar kesib olib, qoʻyib chiqamiz. Ustini folga qogʻoz bilan yaxshilab yopib, duxovkaga 180°C da1 soatga qoʻyamiz. Golupsilarmiz tayyor.
Yoqimli ishtaha, azizlar❤️
turkona__cooking sahifasidan olindi