Boshqa yoʻlovchilarni kutishni istamagan mijoz avtomashinani olib qochdi

Boshqa yoʻlovchilarni kutishni istamagan mijoz avtomashinani olib qochdi

Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

2023-yil 17-may kuni soat 03:35 larda 35 yoshli R.F. Navoiy viloyati IIBning “102” qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qilib, unda u “NEXIA” rusumli avtomashinasida “Navoiy-Qiziltepa” yoʻnalishi boʻyicha kirakashlik qilish uchun yoʻlovchi kutib turgan vaqtida nomaʼlum bir erkak kishi kelib uni Qiziltepa tumani markaziga olib borib quyishini soʻraganligini, u rozi boʻlganidan soʻng mijoz avtomashinaga oʻtirganligi, u esa boshqa yoʻlovchilarni izlashni davom ettirganligini, biroq ushbu mijoz uning avtomashinasiga oʻtirib, uni boshqa yoʻlovchilarga chalgʻiganligidan foydalanib, transport vositasini olib qochganligini, ushbu shaxsni aniqlashda va avtomashinasini topishda amaliy yordam berishni soʻragan.

Olib borilgan tezkor chora tadbirlar natijasida jabrlanuvchiga tegishli boʻlgan avtomashinani Karmana tumani hududidan oʻtuvchi M-37 avtomobil yoʻlining 187-km oraligʻida nomaʼlum shaxs tomonidan boshqarib ketilayotgan vaqtda Navoiy viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan ushlangan.

Ushbu shaxsning shaxsiga aniqlik kiritilganda u Qiziltepa tumanida yashovchi “Shizoaffektiv buzilishi aralash tipi” tashxisi bilan Asab va ruhiy kasalliklar dispanserida roʻyxatda turuvchi 34 yoshli K.I. ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Karmana tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan K.I.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Tergov davom etmoqda.

Report Page