Boshlovchi treyderlar uchun maslaxatlar ☑️

Boshlovchi treyderlar uchun maslaxatlar ☑️


Boshlovchi treyder g’ayratga to’la va katta daromad olish orzusi bilan yuradi. Faqat bir nechta aql egalarigina ratsionalizm ko’rsatib “Nimaga atrofda shuncha ko’p treyder bo’lsada, lekin ulardan kam sonlisigina haqiqatdan foyda ko’radi?” degan savolni o’ziga beradi.

Treyding - juda uzoq va mashaqqatli yo’l. Agar siz bu yo’lga shu fikr bilan qadam bossangiz, asta-sekinlik bilan hammasiga erishasiz va eng asosiysi, sizga bu soxa yoqishi kerak, busiz bo’lmaydi. Chunki, boshlang’ich bosqichda siz ko’p vaqtingizni bilim olishga sarflashingizga to’g’ri keladi. Faqatgina tez pul ishlab topish ishtiyoqi bilan hech narsaga erisha olmaysiz. Uzoq va qiyin bo’lgan yo’lga o’zingizni tayyorlang.


  1. Distsiplina (Tartib) - birinchi o’rinda!!!
  2. Bilim va amaliyot. Hali hech kim hech qachon professional bilimlar va amaliyot bilan tug’ilmagan. Nima ish bilan shug’ullanishni boshlamang - zavodda detal yo’nishmi yoki moliya bozorlarida savdo qilishmi, har qanday holatda sizga bilim va ko’nikmalar kerak bo’ladi! Boshlovchi treyderlarga-so’zsiz! Axir, birinchi savdo hisobdagi mablag’lar juda tez tugaydi. Shuning uchun, 1-o’rinda siz qilishingiz shart bo’lgan vazifa - boshlovchilar uchun foydali bilim beruvchi programma topish va o’sha kursni chuqur o’rganish.
  3. Yana bir judayam muhim jihat-qo’lga kiritilgan bilimlarni amaliyotda mustaxkamlash. Buning uchun, demo hisoblar mavjud, siz savdo qilishni o’rganingizga ishonch hosil qilguningizcha va natijangizni barqaror o’sish shaklida ko’rmaguningizcha shunaqa hisobda savdo qilishingiz kerak.
  4. Oldindan kirish va chiqish nuqtalarini aniqlab oling.
  5. Bitim (sdelkalar) jurnalini yuriting va o’zingizning ish natijalaringizni muntazam ravishda analiz qilib boring.
  6. Erta muvaffaqiyatdan ehtiyot bo’ling.
  7. Har qanday holatda ham sovuqqon va xotirjam bo’ling.
  8. Ma’lumotlar sonini qisqartiring. Ko’p o’qimang, foydali/unumli o’qing!


Report Page