Boshlang’ich sinf matematikasidagi yangiliklardan biri geometriya bo‘limini ajratib o‘qitilayotgani bo‘ldi. 

Boshlang’ich sinf matematikasidagi yangiliklardan biri geometriya bo‘limini ajratib o‘qitilayotgani bo‘ldi. 


Bugun 4 -seminarimiz bo‘lsa, birinchi seminarda ishtirok etgan o‘qituvchilarmiz darslik mazmuni haqidagi dastlabki tahlili o‘zgarganligini aytib berishdi. Sababi darslikka kirtilgan berilgan topshiqlarni mantiqiy ketma- ketligi amaliy ish jarayonida ko‘ringan.

Boshlang’ich sinf matematikasidagi yangiligi geometriya bo‘limini ajratib o‘qitilayotgani bo‘ldi. 3-sinfda parelel perpendikulyar chiziqlar figurani burish, siljitish va aylantirish degan mavzu qo‘yildi. Mazkur darsliklarni tajriba sinovdan o‘tkazgan o‘qituvchilar dars jarayonlarida o‘quvchilarga burish, siljtish burish qanday sodir bo‘lishi, bir -biridan farqini amaliyotda qiziqib o‘rgaganliklarini e’tirof etishdi.

Ko‘p xonalarni sonlarni raqamlash jarayonini arifmetik amalardan ajratib bo‘lim qilib berganmiz.

Arifmetikm amallarni bajarishda xona birliklarini bilishi, ularni qo‘shiluvchi va yig’indi tarzda ifodalay olishi hayotda hisob kitob jarayonida bularni ifodalay olishini  ta’minlaydi.

Shu paytgacha dasrliklarda matematik nazariyalar ya’ni amallarning xossalari,  o‘rin almashtirish, guruhlash va taqsimot qununlari berilar edi, ammo bularni sodda hayotish misollar bilan amalda ko‘rsatib berishimiz o‘qituvchilarga tushuntirishda qulaylik bersa, bolalarda hisoblash malakasi rivojlantirishga xizmat qiladi.

Shuningdek darsliklarda masalalarni kengroq  ya’ni illustratsion, grafik asosidagi, jadval ko‘rinishidagi turlarini qamrab olish hisobiga matnli masalarni qisqarganini aytish mumkin. Bundan ko‘zlangan maqsad, eng avval, bolani tasvir va jadvallarga qarab masala tuza olish va mustaqil fikirlashga undash. Shu bilan birga matnli masalalarni qisqa shaklda qayta yozib ishlash kabi uzoqroq vaqt talab qiluvchi yondashuvlardan qochish. Bundan tashqari fanlararo integratsiyani ham usullar orqali yo‘lga qo‘yish.


Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇

Telegram |Facebook |Instagram


Report Page