“Bosh vazir kubogi”: bugun musobaqa bilan 16 ta jamoa xayrlashdi

“Bosh vazir kubogi”: bugun musobaqa bilan 16 ta jamoa xayrlashdi

https://t.me/Minsportuz

Mamlakatimizdagi vazirlik, idora va yuqori turuvchi tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish hamda ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida oʻtkazilayotgan “Bosh vazir kubogi” musobasining 1/16 final bahslari oʻtkazildi.

Tobora kuchli jamoalar saralanib borayotgan musobaqaning har bir oʻyini oʻzgacha shiddat bilan oʻtmoqda. Bugungi oʻyin natijalari bilan tanishing:

Turizm va sport vazirligi – Taʼlim markazi 3:1;

Oʻzbekipaksanoat – MTRK 0:8;

Transport vazirligi – Investitsiya va tashqi savdo vazirlig 1:3;

Oliy sud – Energetika vazirligi 6:0;

Davlat bojxona qoʻmitasi – AOKA 4:0;

Markaziy bank – Davlat xizmatlari agentligi 3:0 (texnik gʻalaba);

Milliy olimpiya qoʻmitasi – Agro markaz 0:8;

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi – Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi 4:1;

Davlat test markazi – OʻzLiDeP 4:1;

Din ishlari qoʻmitasi – Innovatsiya vazirligi 0:1;

Qishloq xoʻjaligi vazirligi – Agroinspeksiya 1:3;

Moliya vazirligi – Oʻzgidromet markazi 7:0;

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi – Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 1:3;

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi - Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2:2 (5:3);

Tashqi ishlar vazirligi – Monopoliyaga qarshi kurashish davlat qoʻmitasi 2:0;

Yoshlar ishlari agentligi – Davlat soliq qoʻmitasi 0:2;

Ertaga musobaqaning nimchorak final oʻyinlari boshlanadi. Ushbu bosqichning dastlabki bahsi Turizm va sport vazirligi va MTRK jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtadi.

Maʼlumot uchun, futbol boʻyicha “Bosh vazir kubogi” musobaqasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq uch yildan buyon oʻtkazilmoqda.


Report Page