“Bosh vazir kubogi”: Oliy sud qatorasiga uchinchi bor finalda oʻynaydi, hozircha ularni toʻxtatadigan jamoa topilmayapti...

“Bosh vazir kubogi”: Oliy sud qatorasiga uchinchi bor finalda oʻynaydi, hozircha ularni toʻxtatadigan jamoa topilmayapti...


2019-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, mamlakatimizdagi vazirliklar, idoralar va yuqori turuvchi tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari oʻrtasida har yili futbol boʻyicha “Bosh vazir kubogi” musobaqasi oʻtkazib kelinmoqda.

Asosiy ish vaqti kompyuter qarshisida oʻtadigan, jismoniy faolligi nisbatan cheklangan xodimlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish hamda ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida oʻtkazilayotgan ushbu musobaqada bu yil 45 ta jamoa bahslarga kirishdi. Bugun boʻlib oʻtgan chorak va yarim final oʻyinlaridan keyin musobaqaning hal qiluvchi final oʻyinida ishtirok etadigan jamoalar nomi maʼlum boʻldi.

Chorak final oʻyinlarini musobaqaning ikki karra gʻolibi va bu yil ham bosh sovringa asosiy daʼvogar sanalayotgan Oliy sud hamda Turizm va sport vazirligi jamoalari boshlab berishdi. Uchrashuvda Oliy sud jamoasi katta tashabbusga erishdi va yakunda yirik gʻalabaga erishdi. Ahamiyatlisi, joriy yilgi musobaqa davomida shu paytgacha oʻz darvozasidan bironta ham gol oʻtkazib yubormagan amaldagi chempion Turizm va sport vazirligi xodimlaridan uchta toʻp qabul qilib olishdi. Yakuniy natija 7:3, Oliy sud jamoasi foydasiga.

Shuningdek, yarim final bosqichiga “Agro markaz”, Moliya hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklari jamoalari yoʻl olishdi.

Yarim finalda bir-biriga munosib jamoalar toʻqnash kelishdi va har ikki oʻyinda ham gʻolib jamoa penaltilar seriyasi yordamida aniqlandi. Natijalar bilan quyida tanishasiz:

“Bosh vazir kubogi-2021”. ¼ final:

Turizm va sport vazirligi – Oliy sud – 3:6,

Davlat bojxona qoʻmitasi – Agro markaz – 0:8

Innovatsiya vazirligi – Moliya vazirligi – 0:1

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi – Davlat soliq qoʻmitasi – 2:1

½ final

Oliy sud – Agro markaz – 1:1 (pen. 5:4)

Moliya vazirligi – Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi – 0:0 (7:6).

10-noyabr, soat 11:00

3-oʻrin uchun:

Agro markaz – Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Final, soat 15:00

“Bunyodkor” stadioni

Oliy sud – Moliya vazirligi


Report Page