Borland Delphi dasturlash muhiti (1-dars)

Borland Delphi dasturlash muhiti (1-dars)

www.dasturim.uz

Delphi —Windows operatsion tizimida dastur yaratishga yo‘naltirilgan dasturlash muhitidir. Delphida dastur tuzish zamonaviy vizual loyihalash texnologiyalariga asoslangan bo‘lib, unda dasturlashning obyektga mo‘ljallangan g‘oyasi mujassamlashgan. Delphida dastur Turbo Pascal dasturlash tilining rivoji bo‘lgan Object Pascal tilida yoziladi.

Delphi — bir necha muhim ahamiyatga ega bo‘lgan texnologiyalar kombinatsiyasini o‘zida mujassam etgan:

•  yuqori darajadagi mashinali kodda tuzilgan kompilyator;

•  obyektga mo‘ljallangan komponentalar modullari;

•  dastur ilovalarini vizual tuzish;

•  ma’lumotlar bazasini tuzish uchun yuqori masshtabli vosita.

Delphi — Windows muhitida ishlaydigan dastur tuzish uchun qulay bo'lgan vosita bo‘lib, kompyuterda dastur yaratish ishlarini avto- matlashtiradi, xatoliklarni kamaytiradi va dastur tuzuvchi mehnatini yengillashtiradi. Delphida dastur zamonaviy vizual loyihalash texnologiyasi asosida obyektga mo‘ljallangan dasturlash nazariyasini hisobga olgan holda tuziladi. Delphi tizimi Turbo Pascal 7.0. tilining rivoji bo‘lgan obyektga mo‘ljallangan Object Pascal dasturlash tilini ishlatadi.

Ma’lumki, dastur tuzish sermashaqqat jarayon, lekin Delphi tizimi bu ishni sezilarli darajada soddalashtiradi va masala turiga qarab dastur tuzuvchi ishining 50—80%ni tizimga yuklaydi. Delphi tizimi dasturni loyihalash va yaratish vaqtini kamaytiradi, hamda Windows muhitida ishlovchi dastur ilovalarini tuzish jarayonini osonlashtiradi.

Delphi o‘zida bir qancha zamonaviy ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarini va dasturlash texnologiyalarini ma’lumotlar bazasini yaratishda ishlatadi.

Keyingi darsda Delphi tizimining oynasi va uning elementlari bilan tanishamiz.

Do'stlaringizga ham ulashing! @Informatika


Report Page