Bootcamp Frontend (Olmaliq-2022)
Founder of iTech Company: Sardor NarimanovAssalomu alaykum Aziz do'stlar va Dasturlashga qiziquvchilar. Sizlarni uzoq kutilgan 7 oylik (* Ohirgi 2 oy va Ingliz tili BEPUL) "Frontend Bootcamp" kursimizga taklif qilamiz. 9-aprel 15:00da bepul Ochiq darsimizga tashrif buyuring.

Amerikaning "EPAM SYSTEMS" kompaniyasiga yo'llanma berish imkoniyatimiz mavjud.
hozirda "EPAM" Dunyoda eng tez rivojlanayotgan IT kompaniyalar 10 ligiga kiradi.

Kelgusida hayotini axborot texnologiyalari (IT) bilan bog’lamoqchi IT orqali pul topib oila boqishni niyat qilganlar uchun dasturlash kurslari.
Dasturlashga qiziqasiz ammo sizdagi tushuncha va bilimlar yetarli emas aynan ushbu kursimiz siz uchun. Maqsadimiz dasturlash umuman IT ni nimaligini mohiyatini tushuntirish va yuqori darajali dasturlash tillarini o’rgatgan holda real loyihalar ustida ish olib boruvchi kompaniyalarga siz yoshlarni yo’naltirish.


Ushbu kurs davomida siz dasturlash sohasini quyidagi usulda o'rganasiz:
Kursimiz boshida siz Web saytlarni asosi bo'lgan HTML CSS Bootstrap orqali Web saytlar yasashni o'rganasiz. Keyingi bosqichda esa Web saytga o'zgacha jilo beruvchi Javascript dasturlash tilini o'rganasiz. Bu esa sizga kelgusida biror Framework yani kutubxonani o'rganishda asos vazifasini o'taydi.
Kursimizning so'ngi bosqichida Javascript asosiga qurilgan va Facebook tomonidan ishlab chiqilgan React JS Texnologiyasini o'rganasiz.
Bizning kurslar 1 oy nazariy darslar bilan o'tiladi, keyin esa siz Frontendga kirishni boshlaysiz 5 oyning 4 oyi asosan amaliyotga bag'ishlangan. deyarli zerikishga vaqt qolmaydi. turli tuman amaldagi saytlar va loyihalar ustida ish olib borib o'rganasiz.
Undan tashqari biror narsaga tushunmasangiz yoki qiyinchilik bo'lsa iTech Companyda ishlovchi 10 dan ortiq dasturchilar barcha savollaringizga proffesional javob beradi.
Kechirasiz Darslar to'g'risida to'liq ma'lumot va rejani bu yerga yozaolmaymiz. Ochiq darsda Barcha ma'lumotlar va savollarga javob olasiz.

Darslarimiz 1-soatdan 3-soatgach haftada 2 yoki 3 marta o'tiladi.
- O'qutuvchilar yuqori tajribaga ega bo'lib, O'zbekistonning kuchli IT kompaniyalarida faoliyat yuritgan va hozirda Amerika qo'shma shtatlarining EPAM SYSTEMS Kompaniyasida DevOps Injeneri va iTech akademiyasining bitiruvchisi hamda Frontend dasturchisi bo'lib ishlaydi.
- Kursimiz o'z ichiga Ingliz tilini ham qo'shimcha tarzda kiritgan (Bonus)
- Oyda 2 marta o'tilgan mavzularni takrorlab qo'shimcha tarzda IT sohasidagi aktual mavzular bo'yicha Seminar trening o'tkaziladi.
- Kursni bitirgandan so’ng eng yaxshi o’rganganlar uchun kompaniyamiz tomonidan pul to’lanadigan amaliyot taklif qilinadi
- Darsdan tashqari o’rganuvchilar uchun 24 soat haftada 7 kun qo’llab quvvatlab xizmati mavjud
- Kurs davomida jamoaviy ishlash(Github & Gitlab Trello vositalari yordamida) malakasi shakllantiriladi
- Kursning oxirgi bosqichida loyihalarni Serverga joylash, domain sotib olish, tarmoq va tizim tushunchalari chuqurroq o’rgatiladi.

Demak kurs boshlanishidan oldin to’liqroq ma’lumot olishingiz uchun Ochiq dars o’tib beriladi ochiq darsimiz sanasi telegram yopiq guruhimizda e’lon qilingan va quyidagi postdaham.

Omad tilaymiz!

Instagram Telegram You Tube Telegram Bot 👈Ijtimoiy tarmoqlarimiz.
© 2022 iTech Company

*5-oydan keyin qolgan 2 oyi salohiyatingizga qarab iTech Company ustida ishlayotgan loyihalarda qatnashib pullik yoki bepul o'qishni davom ettirishingiz mumkin.