🧐 Book review haqida hech eshitganmisiz?

🧐 Book review haqida hech eshitganmisiz?

O‘zJOKU Rasmiy | @uzjmcu

📚 Kitob sharhi – bu muayyan kitobga sharh tayyorlash. Bu yerda mushtariyning kitob toʻgʻrisidagi fikri, taasurotlari va takliflari aks ettirilgan boʻlishi lozim. Nega bu maʼlumot menga kerak deyapsizmi? 

⚡️ Gap shundaki, OʻzJOKU yana bir yangi “Book review” (Kitob sharhi) tanloviga start bermoqda. 

Agar siz oʻzingizni haqiqiy kitobxonman deb sanasangiz, unda bu tanlovga befarq boʻlmang, chunki bu bilan birga siz pul yutib olishingiz ham mumkin. 


❓ Buning uchun nima qilish kerak? 

OʻzJOKU maʼmuriyati tomonidan taqdim etilgan kitoblar roʻyxatini yaxshilab oʻrganib chiqing va oʻzingizga maʼqul boʻlgan asarni tanlang:


1. “Oʻtkan kunlar” (Минувшие дни);

2. “Otamdan qolgan dalalar” (Поля моего отца);

3. “Koʻhna dunyo”;

4. “Yulduzli tunlar” (Звёздные ночи);

5. “Ufq” trilogiyasi;

6. “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”/ “Ikki eshik orasi” (Меж двух дверей);

7. “Lolazor”;

8. “Qoʻrqma”;

9. “Jurnalistika va publitsistika”;

10. “Jurnalist boʻlmoqchimisiz?”;

11. “Моя жизнь – мои достижения”;

12. “Как разговаривать с кем угодно, как удобно и где удобно”;

13. “Jinoyat va jazo” (Преступление и наказание);

14. “Uch ogʻayni” (Три товарища);

15. «Yolgʻizlikning yuz yili“;

16. «Ityurak” romani (Собачье сердце);

17. ”Abadiyat qonuni“;

18. ”Vabo“ (Чума);

19. ”Jarayon" (Процесс);

20. “Utopiya” (Утопия).


Endi tanlagan asaringiz boʻyicha mazmunli esse/chiroyli taqdimot (foto, audio)/kreativ videorolik tayyorlang. 


❗️❗️ BU MUHIM. Qanchalik koʻp kitobga sharh tayyorlasangiz, muvaffaqiyat shunchalik yaqin boʻladi. 


Media mahsulotingizni shu yilning 20-yanvar sanasiga qadar manaviyat.uzjoku@jmcu.uz 📧 manziliga yuboring.


🏆 YUTUQLAR:

1-oʻrin uchun: 2 000 000 soʻm;

2-oʻrin uchun: 1 500 000 soʻm;

3-oʻrin uchun: 1 000 000 soʻm;


Tanlovda faol qatnashgan barcha yoshlar rag‘batlantiruvchi mukofotlar bilan taqdirlanadi🎊


🔍Batafsil maʼlumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin: https://telegra.ph/Diqqat-tanlov-01-10


Facebook | Instagram | Telegram | www.uzjoku.uz

Report Page