"Bonu" asarini o'qib...
"Factor Books" nashriyoti
Hayot deganlari bunchalar ajib,
Yo asli ajib bir inson ekanmu?
Dardlarga qarshi yenging shimarib,
Zulmatda yagona oy bo‘lding, Bonu.
Musofirda qolib qishda qahraton,
Ne kunlar o‘tmadi go‘dak boshingdan,
Yagona taskining berganda ham jon,
Begonaga kuyungan malaksan, Bonu
Gunohga cho‘mgan bu o‘tkinchi dunyo,
Sig‘madi bu yerga sof muhabbating,
Malham bo‘ldi senga bobom Huvaydo,
Allohga solgin bu nokasni, Bonu.
Sen go‘zal, farishta suygan bir chechak,
Husningga bir nazar tegdimi, Bonu?
Darding pok qalbingdan beradi darak,
Yomonni Allohga sol faqat Bonu.
Yig‘lama, barisi o‘tadi bir kun,
Haq hayot oldinda, chekmagin og‘u,
Qorachig‘laringda muzlab qolgan tun,
Haqqingga duolar qilaman, Bonu...
Rustamova Dinara