Bo‘lg‘usi yosh kadastrchilar bilan qiziqarli uchrashuvlar

Bo‘lg‘usi yosh kadastrchilar bilan qiziqarli uchrashuvlar


Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari tizimida Namangan Muhandislik-qurilish institutining Qurilish fakulteti bilan hamkorlikda 22-aprel – Butunjahon Yer kuni bayrami yuqori saviyada nishonlandi.

Institut binosida tashkil qilingan bayramona tadbir avvalida Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i B. Pazilovning Namangan Muhandislik-qurilish institut Qurilish fakulteti rahbariyati bilan rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Shundan so‘ng soha mutaxassislari, Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi xodimlari, Namangan muhandislik-qurilish institut Qurilish fakulteti ustozlari M.Mansurov, S.Razzaqovlar, kafedra mudirlari va 110 nafardan ortiq talabalar qatnashgan bayramona tadbir boshlandi.

Unda Boshqarma boshlig‘i B.Pazilov ushbu bayramni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 63-sessiyasida 2009-yil 22-aprel kuni qabul qilingan rezolyutsiyasi bilan ta’sis etilganligi va 2010-yil 22-aprel kunidan boshlab nishonlanayotgani va 22-aprel kuni dunyoda “Butunjahon Yer kuni” xalqaro bayram sifatidan nishonlashning asosiy maqsadi haqida ma’ruza qildi.

Shundan so‘ng, talabalar uchun Yer sayyorasi viktorinasi tashkil qilinib, berilgan savollarga to‘g‘ri javob topgan 10 nafar talabalarga sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.

Bayram tadbirlari institut hovlisida davom etib, u yerda dron shou, zamonaviy yer o‘lchov asboblari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi va talabalarning savollariga soha mutaxassislari javob berdilar.

Tadbirning maqsadi, yoshlarimiz tabiatga ozor bermaslik, uning boyliklaridan va ne’matlaridan oqilona foydalanish, ekologik muvozanatni asrash, jonivorlarga ziyon yetkazmaslik, ifloslantirmaslik, o‘z tevarak-atrofimizni pokiza tutish – bu har birimizning qo‘limizdan keladigan oddiy va lekin umumiy zamin manfaati uchun g‘oyat muhimligini, bu nafaqat o‘zimiz uchun, balki kelgusi avlodlar uchun ham qiladigan eng katta foydali ish ekanligini tushuntirishdan iboratdir.

Bayram tadbirlari tumanlarda ham o‘tkazildi. Ayniqsa Mingbuloq va Namangan tumanlari rahbarlari yoshlar bilan uchrashib, kadastr sohasiga oid savollarga javob berib, namunali ish tashkil qildilar.

Hurmatli hamyurtlar! Bugungi 22-aprel Butunjahon Yer kuni bayrami hammaga muborak bo‘lsin!

Matbuot xizmati.


Report Page