Farzandingizni dangasa qiladigan odatlar

Farzandingizni dangasa qiladigan odatlar

Robbit

Farzandi dangasa ekanini juda ko’p ota-onalar kuyinib gapiradi. Lekin ba’zan bilmagan holda, o‘zimizning odatlarimiz bilan bolani dangasa qilib qo‘yamiz. Qani, qaysi odatlar bunga sabab bo‘lishini ko‘rib chiqamiz:

  1. Hammasini ota-ona qilib qo‘yishi

Bolaga:

  • “O‘zing ovqat olib ye” demaymiz, o‘zimiz olib beramiz.
  • “O‘zing xonangni yig‘ishtir” demaymiz, o‘zimiz yig‘ishtirib qo‘yamiz.

Shunda bola o‘rganadi: “Menga baribir yordam berishadi, men qimirlamasam ham bo‘ladi deb.

2. Hamma narsani tayyor qilib berish

  • maktab sumkasini ona tayyorlaydi;
  • kiyimlarini ota tanlaydi;
  • ovqatini ham oldiga qo‘yib beradi.

Bu qulaydek tuyuladi, lekin aslida bola mas’uliyatni o‘rganmaydi. Ertaga mustaqil bo‘lish qiyinlashadi.

3. Telefonni “bo‘sh vaqt mashg‘uloti” sifatida ishlatish

Bola zerikmasin deb qo‘liga telefon berish — dangasalikning eng katta sababi. Chunki telefon hamma narsani tayyor beradi: o‘yin, multfilm, ko‘ngilxushlik. Bola o‘zi izlanishga, o‘ylashga ehtiyoj sezmaydi.

4. “Boshqalardan yordam so‘ra” deyish

Masalan, bola darsda qiynalsa, ota-ona darrov repetitor qidiradi. Aslida, biroz sabr qilib, o‘zi urinib ko‘rishi kerak. Har safar yordam tayyor tursa, bola hech qachon kuchini sinab ko‘rmaydi.

5. “Sen hali kichkinasan” deb ishonmaslik

Bolani kichik deb hisoblab, mas’uliyat bermaslik ham dangasalikka olib keladi. Aslida esa, yoshligidan kichik vazifalar topshirish kerak: choy qo‘yib kelish, idish yuvish, kichkina ukasiga qarash... Shunda bola ma’suliyat his qiladi.

Bola dangasa bo’lib tug‘ilmaydi. Dangasalikka olib keladigan odatlar — ko‘pincha ota-onaning o‘zi qilgan “yaxshi” ishlari natijasi. Farzandni mehnatkash qilish uchun unga imkon berish, ishonish va mas’uliyat yuklash kifoya.


Report Page