Bo`ka agrotexnologiyalar texnikumi

Bo`ka agrotexnologiyalar texnikumi

Boʻka agrotexnologiyalar texnikumi

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-martdagi “Professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 163-sonli qarori ijrosini ta’minlash va 2022-2023 o`quv yilidan boshlab ta'limning dual shakliga o`tishga tayorgarlik ko`rish maqsadida Bo`ka agrotexnologiyalar texnikumida 2022-yil 1-aprel kuni “Biz yangi O`zbekistonning munosib yosh kadrlarimiz” shiori ostida “Professional ta’lim tizimida zamonaviy yetuk, raqobatbardosh mutaxassislarni shakllantirilishida dual va binar ta’lim shaklini tashkil etishning ahamiyati” mavzusida oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy seminar tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbir Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Toshkent davlat agrar universitetlari professor o`qituvchilari bilan integratsiyalashgan hamkorlikda ochiq darslar o’tkazildi.

Qatnashganlar chapdan o'ngga: Bo'ka tuman 1-kasb hunar maktabi direktori N.Isaqulova, Mezbon Bo'ka agrotexnologiyalar texnikumi direktori A.Aranjiyev, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik Xasanov Baxodir Akramovich, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "Moliyaviy tahlil va audit" kafedra muduri, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xajimuradov Nizomiddin Shukrullayevich, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Nurmanov Ulug'bek Anorboyevich, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti katta o'qituvchisi Atamuradov Saidmurod Yahyoyevich

Professional ta'lim tizimida zamonaviy, yetuk, raqabot bardosh, mutaxassislarini shakilantirilishida dual va binar ta'lim shaklini tashkil etishning ahamiyati mavzusida Bo`ka agrotexnologiyalar texnikumi direktori Aranjiev Abdujabbor Abdug`ofurovich, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "Moliyaviy tahlil va audit" kafedrasi professori, iqtisod fanlari doktori, akademik Xasanov Baxodir Akramovich, professor Xojimurodov Nizomiddin Shukurullayevich, Toshkent davlat agrar universitetining Iqtisodiyot fanlari falsafa doktori Mamatqobilov Sherali Normoʻminovich, Iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent Beglayev Uchqun Xurramovichlar kirish so`zi bilan ilmiy-amaliy seminar tadbirini ahamiyati to`g`risida ochilish marosimida nutq so`zladi. Seminar tadbirida Zangiota agrotexnologiyalar texnikumi, Yangi yo`l agrotexnologiyalar texnikumi, Bo`ka tumani 1 -va 2-son, Piskent tumani 1-va 2-son kasb-hunar maktablarining rahbarlari va 50 dan ortiq pedagog xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbir rejasiga asosan 4-ta mavzu bo`yicha texnikumning maxsus fan o`qituvchilari va tashrif buyurgan professor o`qituvchilar bilan hamkorlikda ochiq darslar o`rtkazildi.

Buxgalteriya hisobi fanidan "Byudjet va byudjetdan tashqari to`lovlar yuzasidan hisob-kitoblar hisobi" mavzusida texnikumning yetakchi maxsus fan o`qituvchisi Sodiqova Gulbaxor Erkinovna va akademik B.Xasanov hamda Professor N. Xojimurodovlarning ochiq darslar jarayonidan lavhalar, darslar munozarali va yuqori salohiyatda innovatsion usullarni qo`llash asosida o`tkazildi.

Brendni boshqarish fanidan: "Brend portfelini boshqarish" mavzusida texnikumning yetakchi maxsus fan o`qituvchisi Raxmonov Ibroxim Anvarovich hamda TDAU ning professori SH.Mamatqobilovning ochiq darslar jarayonidan lavhalar, darslar munozarali va talabalar tomonidan jo`shqunlik asosida savol javoblarga boy holatda innovatsion usullar asosida o`tkazildi.

Menejment fanidan "Boshqaruvda menejmentning ahamiyati" mavzusida texnikumning yetakchi maxsus fan o`qituvchisi Abdug`ofurov Firdavs Bekzodovich hamda TDAU ning dotsenti U.Beglaeyevlarning ochiq darslar jarayonidan lavhalar, darslar yuqori saviyada bahs-munozaralarga boy tarzda o`tkazildi.

Iqtisodiy tahlil fanidan "Buxgalteriya balansi va uni tahlil qilish " mavzusida texnikumning yetakchi maxsus fan o`qituvchisi Turg`unboyeva Zamira Abdivaitovna hamda dotsent U.Nurmonovlarning ochiq darslari innovatsion usulda na'munali tashkil etildi.

Texnikumning faollar zalida “Biz yangi O`zbekistonning munosib yosh kadrlarimiz” shiori ostida "Butun dunyo tan olgan mislsiz yutuqlarimiz uchun shukronalik, g`urur, iftixor va quvonch tuyg`ularini tuyish oliy baxtdir" mavzusida kun tadbiriga uyg`unlashgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o`tkazildi. Tadbirda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "Moliyaviy tahlil va audit" kafedrasi professori, iqtisod fanlari doktori, akademik Xasanov Baxodir Akramovich universitet tomonidan ochiq darslarda faol ishtirok etgan talabalarni rag`batlantirish maqsadida yo`nalishlariga mos kitoblar sovg`a qilish jarayonidan lavhalar.


Bo`ka agrotexnologiyalar texnikumi "Iqtisodiy fanlar" kafedrasi tomonidan tashkil etilgan ilmiy amaliy seminar tadbiri ko`tarinki ruhda o`tkazildi.              Tashrif buyurgan hamkor Oliy ta'lim professor o`qituvchilari hamda professional ta'lim muassasalari rahbar pedagoglari tomonidan iliq fikr va kelgusiga tilaklar bildirildi. 

https://t.me/Bukatexnikum

Report Page