Bog'lash(Binding) rejimlari
Mumtozbekov
Bog'lanishlarning eng qimmatli xossasi bu manba qanday o'zgarishidan qat'iy nazar bog'langan xususiyatni tez yangilash. Bu yangilashning ham 5 xil rejimi mavjud, quyida shu rejimlarning farqlarini ko'rib chiqamiz.
- OneWay bu rejimda manba o'zgarganda bog'langan xususiyat o'zgaradi.
- TwoWay bu rejimda esa manba o'zgarsa bog'langan xususiyat, xususiyat o'zgarsa manba ham o'zgaradi.
- OneTime bu rejimda bog'langan xususiyat manbadagi dastlabki qiymatni o'ziga oladi va o'zgarishlarga e'tibor qilmaydi ya'ni yangilanmaydi. Bunday rejimni nima keragi bor deyilsa bu rejim ko'p xollarda o'zgarmasligi aniq bo'lgan manbalarda "xarajatlar"ni kamaytirish uchun ishlatiladi.
- OneWayToSource bu rejim xuddi OneWayga o'xshash faqat bunda teskarisi ya'ni bog'langan xususiyat o'zgarganda manba yangilanadi.
- Defult bu rejim bog'langan xususiyat(Dependency Property) ro'yxatga olinganda qanday rejimda e'lon qilingan bo'lsa o'sha rejimni ishlatadi. Bular TwoWay yoki OneWay rejimlari bo'lishi mumkin.
WPF elementlarida Default rejimi har xil ro'yxatga olingan bo'lishi mumkin shu sababdan Binding yozganda aniq rejimni ham yozib ketish tavsiya etiladi.