#Boburga_ehtirom

#Boburga_ehtirom


19 fevral kuni "TIQXMMI" MTU madaniyat saroyida "International House Toshkent" akademik litseyi tomonidan Zahiriddin Muhammad Boburning 541-yillik tavalludiga bag'ishlangan “Shoh va Shoir” deb nomlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Tadbirda O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, o'nga yaqin she'riy kitoblar muallifi, "Tong yulduzi" gazetasi bo'lim muharriri Axtamquli Karimov,

O'zbekiston jurnalistlar uyushmasi a'zosi, gazeta bo'lim muharriri Nodira Nazarova hamda Dilshod Rajabov,

O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq artisti, Xalqaro Bobur mukofoti sovrindori Muhammadali Abduqunduzov ishtirok etib, yig'ilganlarga Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi haqida ma'lumotlar berishdi, ijodlaridan misollar keltirib, sahna asarlaridan parchalar o'qib berishdi.

Ma’naviy kecha davomida akademik litsey o'quvchilari mumtoz shoir ijodidan namunalar keltirib, g‘azallar o‘qishdi.

Mutafakkir ijodiga oid kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbirda akademik litsey o'quvchilari tomonidan milly laparlarimizdan ham parchalar tomoshabinlar e'tiboriga havola etildi.

Ma'naviy-ma'rifiy tadbir so'ngida Zahiriddin Muhammad Bobur hayotiga asoslangan sahna ko'rinishi tadbir ishtirokshilariga mamnun bo'ldi.

Tadbir tashkilotchilari aziz va hurmatli mehmonlarga o’zlarining qimmatli vaqtlarini ayamay, o’z suhbatlari bilan, ijodlari bilan, qiziqarli ma’lumotlari bilan Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi bilimlarni ishtirokchilar orasida boyitishga hissalarini qo’shishgani uchun o’z minnatdorchiliklarini bildirib o'tishdi.

E’tiboringiz uchun rahmat!”


Report Page