Bobir Akilkhanov Oʻzbekistondagi NAPA Texnoparkini sotib oldi!

Bobir Akilkhanov Oʻzbekistondagi NAPA Texnoparkini sotib oldi!

⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠NAPA Team

NAPA TEAM kompaniyasi Jarayonlarni avtomatlashtirish milliy assotsiatsiyasi bo‘lib, axborot texnologiyalari, innovatsiyalar va taʼlim sohasida faoliyatini olib bormoqda, ayniqsa IT sohasidagi milliy kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish masalasiga jiddiy diqqat qaratiladi.

NAPA xususiy Texnopark sifatida mamlakatimizda tanilib, ta’lim sohasida NAPA Edu Hub IT Akademiyasini tashkil etdi.

Loyihaga 1 million AQSh dollaridan ortiq mablagʻ jalb etilgan.

Texnopark binosi innovatsion uslubda ishlab chiqilgan va qayta qurilgan boʻlib, u kelajak muhitiga singib ketganini aks ettiradi.


NAPA Texnoparkining taʼsischilari tomonidan IT sohasida alohida mavqega ega boʻlgan va kompaniyani yanada yuqori darajaga koʻtara oladigan xorijiy hamkor va investorni topishga alohida eʼtibor qaratildi.

Va bunday hamkor 20 yillik tajribaga ega taniqli ishbilarmon, investor, AQShda yashovchi vatandoshimiz Bobir Akilkhanov timsolida NAPA jamoasiga qo‘shildi.

Hozirgi damda Bobir Akilkhanov xizmatidan AQSh, Lotin Amerikasi va Yevropaning yirik kompaniyalari va davlat idoralari foydalanadi.

Shuningdek, u axborot texnologiyalari boʻyicha biznes-maslahatchi bo’lib,  Forbes Tech Council roʻyxatiga kiritilgan birinchi oʻzbekdir.

Bobir Akilkhanovni NAPA Texnoparki loyihasining oʻziga xosligi qiziqtirgan holda, Amerika bozorida katta talabda boʻlgan IT-mutaxassisliklarini oʻz vatandoshlariga oʻquv dasturi sifatida taqdim etish imkoniyati jalb etdi. 

“Men ushbu noyob loyihaning ta`sischisiga va investoriga aylanganimdan juda xursandman. Ishonchim komilki, bu kabi jamoa va oʻzaro birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz bilan ulkan maqsadlar sari yo’l olamiz. Ya`ni, mamlakatimizda 1 million dasturchini tayyorlab Oʻzbekiston IT-jamiyati safiga qoʻshish orqali yurtdoshlarimizning  buyuk kelajagini qurishda o’z hissamizni qo’shishga qodir ekanligimizga aminman– dedi B. Akilkhanov.
“Ushbu belgilangan vazifalarga birgalikda kuch biriktirgan holda NAPA Texnoparkini nafaqat xalqaro darajaga olib chiqamiz, balki uni Markaziy Osiyo yetakchisiga aylantira olamiz”, – deya qoʻshimcha qildi «NAPA TEAM» MChJ ta`sischisi A.Annazarov.

Sarmoyadorlar yaqin kelajakdagi rejalar va harakatlar dasturiga alohida eʼtibor qaratishdi.

“NAPA Texnoparkini ulkan oʻzgarishlar kutmoqda: Akademiyaning rebrendingi, oʻqitishga xorijiy yondashuvni joriy etish, yangi metodologiyalarni tashkil etish, malakali oʻqituvchilarni tanlab, noyob amaliyot dasturini yaratish, startaplarni ishga tushirish texnologiyalarini oʻrgatish va shu kabi yana koʻplab dasturlar rejalashtirilmoqda”, – deya taʼkidladi, B. Akilkhanov.
“Shu bilan birga, bizning asosiy vazifamiz yoshlarimizning xalqaro standartlarga muvofiq kasbiy tayyorgarligini kuchaytirish orqali xalqaro mehnat bozorida AQSh va Yevropa dasturchilari bilan teng darajada raqobatlashish imkoniyatini yaratishdan iborat boʻladi”, – deb qoʻshimcha qildi, A. Annazarov.


Talabalarning ilk qabuli 2020-yil sentabr oyida boshlanishi rejalashtirilmoqda.

Qabul qilish shartlari alohida nashr etiladi!

Bizni kuzatib boring va birinchilardan boʻling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube


“NAPA TEAM” MChJ, Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet koʻchasi, 4-uy. Tel.: +998 71 200 06 10, www.napa.uz, www.ba.uz

Report Page