Kitobdan parcha

Kitobdan parcha


So‘nggi paytlarda vaqtimiz kamayib ketdi: “Youtube”ni o‘tkazib-o‘tkazib ko‘ramiz, “Telegram”da ovozli xabarni 1,5-2 baravar tezlashtirib eshitamiz. Shunday ekan, uzundan-uzun ilmiy maqolalar yozishdan ko‘ra, alohida mavzu bo‘yicha qisqa va lo‘nda, dolzarb mavzudagi akademik blogpostni o‘z vaqtida chop etgan ma’qul.

 

Xalqaro miqyosda nafaqat advokat, iqtisodchi va siyosatchilar, balki odatda uzundan-uzun maqolalar yozishni sevuvchi universitet professorlari ham keyingi paytlarda o‘z ilmiy izlanishlarining mag‘zini kichik hajmli akademik blogpostlar, ya’ni qisqa “maqolacha”lar tarzda chop etishmoqda.

 

Akademik blogpost yozish orqali:

・o‘z fikrimizni qisqa va lo‘nda, eng muhimi, tezkorlik bilan ommaga yetkaza olamiz. Bu esa, хoh akademik soha vakili bo‘laylik, хoh amaliyotchi mutaxassis, bizning jamoat bilan ishlash qobiliyatimizni rivojlanishiga xizmat qiladi;

・o‘zimiz amalga oshirayotgan ilmiy ishlar va ularning natijalarini ko‘pchilikka yetkazish imkoniga ega bo‘lamiz. Facebook, Instagram, Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlar orqali omma e’tiborini sohamizga qaratib, ilmiy yutuqlarni ommaga yetkazish va hatto ulardan iqtibos keltirish darajasini ham oshirishimiz mumkin;

・uzundan-uzun yoziladigan akademik maqolamizning eng muhim mag‘zini qisqa matn bilan ifodalagan holda mo‘jaz blogpost shakliga keltira olishimiz mumkin. Bu esa, vaqt shundoq ham juda qadrlanadigan bugungi kunimizda akademik soha vakillari uchun muhim sifatdir. Bu orqali, biz turli ommaviy munozaralarga o‘z hissamizni tezkorlik bilan qo‘shishimiz mumkin bo‘ladi.


Report Page