Blog nima? Bloger kim/

Blog nima? Bloger kim/

@bugungikun

“Blog”, “bloger” va “blogerlik” kabi so‘zlarning dunyoga kelganiga hech qancha bo‘lmay, kundalik hayotimizga jadal sur’atlar bilan kirib keldi. Bloglar esa o‘z navbatida “fuqarolik jurnalistikasi” degan tushunchani yuzaga keltirdi. Endi jurnalistika sohasiga ishtiyoqi baland, mutaxassis bo‘lmaganlar ham havaskor jurnalist sifatida internetda o‘z shaxsiy bloglariga ega bo‘lishi, axborot tarqatuvchi sifatida faoliyat yuritishi, o‘zi guvohi bo‘lgan voqealarni yoritish imkoniyatiga ega bo‘ldi

Blog nima? Bloger kim/


“Blog” atamasi “web log” (voqealar internet-jurnali, internet kundalik, onlayn-kundalik) so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, internetda nashr qilingan muhokama yoki axborot sayti hisoblanadi. Blogda muntazam yozib boriladi va u matn, rasmlar yoki multimediadan iborat bo‘ladi. Bloglarning o‘ziga xos jihati – bu ularning qisqaliligi, vaqt qiymatiga ega ekanligi va tez-tez yangilanib borishi.

 Bloglarning oddiy an’anaviy kundaliklardan farqi – uning ommaviyligi, doimiy o‘quvchilarga ega ekanligi, muallif va o‘quvchi o‘rtasida bevosita muloqot (izoh qoldirish imkoniyati) ning mavjudligi2. Bloggerlar faqatgina bloglariga maqola yozibgina qolmasdan, o‘z o‘quvchilari va boshqa bloggerlar o‘rtasida ijtimoiy aloqalarni o‘rnatadi. Bloglarni yurituvchi shaxslar blogerlar deb ataladi. Tarmoqdagi barcha bloglar umumlashtirilib “blogosfera” deb ataladi. Bloglar deganda, ba’zan shaxsiy saytlar ham nazarda tutiladi, chunki bunday saytlarda muallifning shaxsiy qarashlari o‘rin oladi.

Marketing Terms saytida esa blogga “shaxsiy fikr-mulohazalarning tez-tez yangilanuvchi xronologik nashri” deya ta’rif berilgan. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘atida blogga quyidagicha izoh beriladi: “Blog – asosan, muntazam ravishda chop etiladigan yozuvlar, tasvirlar yoki multimediadan iborat veb-sayt. Odatda, bloglar xronologik tartibda joylashtirilgan va uzun bo‘lmagan yozuvlardan iborat. Mualliflariga qarab bloglar shaxsiy, guruhiy (masalan, korporativ) yoki ommaviy (ochiq), tarkibi bo‘yicha esa tematik yoki umumiy bo‘lishi mumkin. Blogni olib boruvchi shaxslar blogerlar deyiladi. Internetdagi barcha bloglarning jami blogosfera deyiladi”.

Boshqa bir mutaxxasis, Debbi Veyl, bu atamasi keng ma’noda tushunadi va o‘z fikrini quyidagicha bildiradi: “Blog – o‘z ishonchli taassurotlarini, fikrlarini tahrirlanmagan shakli; tez-tez yangilanib turadigan ma’lumotlarning onlayn jurnali; o‘z o‘quvchilari yordamida yangi jamiyat yaratishning bir yo‘li; talabalarga qanday yozishni o‘rgatish vositasi; mijozlar bilan munosabat o‘rnatishning yangi yo‘li; yirik kompaniyalarda malaka oshirishning yangi shakli; ishsizlarni band qilish yo‘li” deb javob beradi7.

Demak, guvohi bo‘lganimizdek, blog bugun onlayn-kundalik darajasidan o‘sib, yirik ijtimoiy hodisa sifatida shakllanib ulgurdi.

@bugungikun

Report Page