Blind in Love

Blind in Love

Kim Jiwon
1-Bob [ Malika Jiwon dunyoga kelishi. Tanishuv.]

PovAuthor:

Quyosh õz nurlarini Ezgulik qirolligi tomon sochar edi. Odamlarning gapirishi, bolalarning beĝubor bõlib õynayaotgan ovozlari, musiqa ovozining ritmi bõyicha raqs tushayotgan yigit-u qizlar. Juda ham chiroyli va õzgacha insonlar qishloĝi. Bu qirollikni Qirol Kim boshqarardi va bu Ezgulik qirolligida bir malika dunyoga keldi.

X: yangi malika ) deb farishtalar bir birlariga pichirlashardi.

X: Ha bizning yangi malikamiz dunyoga keldi.

X: Endi bu malikaga qanday tilaklar bildiramiz.

X: Men uni eng chiroyli malika bõlishini aytaman ) ular shunday deb xursand bõlib pichirlashardi.


PovAuthor:

Qirol Kim malika dunyoga kelganini eshitgach Avalor qirolligidan tezda qaytdi. Qirol Kim Qirolicha Yuwonni honasiga otilib kirdi. Qirolicha Yuwon esa õz malikasi bilan birga orom olardi. Qirol Kim esa jilmayib, õz otchoparini chaqirdi. Otchoparga barcha qishloq odamlarini ertangi malika dunyoga kelganini nishonlash uchun chaqirishini aytdi. Otchopar ketishi bilan Qirol Kimning oldiga uchta malikalar yugurib kelishdi. Bu Minsu, Ari va kichkintoy Entahi edi.


Minsu: Otajoon otajon )deb otasing etagidan ushlab quchoqlab oldi.


Ari: Otajon oyijonim bizga yana bitta singil olib keldilarmi ) deb kõzlarini pirpiratib aytdi. Qirol Kim esa bu malikalarni õyinqaroq ekanligidan kulib qõydi. Orada hali endi yurishni õrgangan kichkintoy Entahi otasini oldiga keldi.


Qirol Kim: Oh mening beĝubor farishtalarim albatta oyijoningiz sizlarga yana bitta singil olib keldi. Meni kichkintoyim yurishni õrgandimi ) Uchala malikalarni ham kõtarib oldi va ularni õzi bilan birga aylantirdi. Malikalar otasining issiq quchoĝida mazza qilib kulishardi. Bu orada yana yana ikkita egizak malikalar ham bor edi. Malika Yisu va Malika Minji edi. Ular hali endi ikki yoshga tõlgandi. Qirol Kim malikalarni yerga qõyib ) Yõqolib qolmang. Qasrdan chiqmang hopmi mening oppoĝoylarim.


Malikalar: Hop bõladi otajon ) deb õz honalariga yugurib kirib ketishdi, kichkintoy Entahidan tashqari. Uni xizmatkorlar olib ketishdi.


PovAuthor:

Otchopar hammaga ertangiz Ezgulik qasrida bazm haqida habar berdi. Hamma qirollikda yana bir malika dunyoga kelganidan xursand bõlishdi. Ammo bu habar Yovuzlik qirolligiga hak yetib borgandi.

Ezgulik qirolligi

***·

Timeskip ➡️

PovAuthor:

Oy juda ham chiroyli bõlib tõlishgan kun. Ammo negadir oy umuman nur taratmas edi. Chunki bu yerlarni Yovuzlik qirolligi deb atashardi. Tunda ovga chiqadigan vampirlardan tortib, maxluqga õxshaydigan insonlar yashardi. Qirol Jeon hukronligi ostida qul bõlib yashaydigan insonlargacha. Butkul qoronĝu zulmat qoplagan Yovuzlik qirolligi. Hech kim kõngli hushlik qiomaydi. Bolalar dõstlari bilan birga vaqt õtkazmaydi. Hech qanday yoqimli musiqalarsiz faqat õz jonini qutqarish uchun azob chekayotgan insonlarning yiĝi aralash baqiriq ovozlari bor edi. Yetti shaxzoda kamondan õq otishni õrganishar ekan. Bu yerga otchopar keldi. Hamma unga yeb qõygudek qarardi. Otchopar tezda tazm qilib,


Otchopar: Qirolim siz anchadan beri kutayotgan malika bugun Ezgulik qirolligida dunyoga keldi. ) bishini eggancha gapirdi. Bundan tabassum qilgan Qirol Jeon unga javob qaytardi.


Qirol Jeon: Bu juda ham ajoyib. Men kutgan onlar ham yetib keldi. Agar rostan ham bu õsha malika bõlsa uni 18yoshigacha kutamiz. Oldin u ekanligini bilish uchun uning oldiga yovuzlik sehrgarini sovĝa sifatida tilaklar bilan birga yuboramiz. ) deb shahvoniy jilmaydi. Bundan hech narsani tushunmayotgan kichik vampir shaxzodalar otasiga qarab turishardi. Vanihoyat tilga kirgan eng katta shaxzoda Seokjin gapirdi. U endi 16 yoshda edi.


Seokjin: Ota bu malika kichkina uchun qurbon bõladigan malika tõĝrimi ) dedi. Shaxzoda Seokjin ukalari uchun hamma narsaga tayyor edi. Qirol Jeon ham shaxzodani sochini silab.


Qirol Jeon: Ha õĝlim bu õsha malika bõlishi mumkin. )dedi va otchoparga qaradi.


Qirol Jeon: Ketishing mumkin ) deb aytdi va otchopar kõzdan ĝoyib bõldi. 13 yoshli shaxzoda Namjoon va Yoongi otasiga qarab turishardi chunki ular hech narsadan xabari yoq edi.


Namjoon: Balki bizga ham tushuntirarsizlar ota


Yoongi: Ha men ham bilishni hohlayman. Nega Jungkook uchun malika qurbon bõlishi kerak.


Qirol Jeon: Õzimninga kelishgan shaxzodalarim bu haqida keyin bilib olasiz. Ungacha kamondan õq otishni õrganing bu sizlar un juda ham muhim. Shunarlimi ?!


Shaxzodalar: Shunarli ota ) deb kamon otishni davom ettirishdi.

Yovuzlik qirolligi.

***·

Timeskip ➡️

PovAuthor: Ertangi kun.

Bugun bizning kecha dunyoga kelgan malikamiz uchun bazm iyushtirilgan. Hamma qirolliklarni bazmga chaqirishgan edi. Fayton ortidan foytunlar hech tõxtamay kelishardi. Avalor qirolligi, Baneriya qirolligi va boshqa boshqa qirolliklardan kelishgandi. Kichkima malikalar esa qirollikdagi baĝda bir birlariga guldan juda ham chiroyli toj va bilakuzuklar yasab õynashardi. Hamma bazm uchun tayyorgarlik kõrardi. Qirol Kim va Qirolicha Yuwon Qirol va Qirolichalrni kutib olishardi. Shu bilan kech ham tushib bazm boshlandi.


Qirol Kim: Hamma bugungi bazmga kelgani uchun rahmat. Mening kichkina malikam uchun bugun unitilmas tilaklar va õz kelajagi uchun qiladigan ishlari barcha barchasi malikaning õzi hal qiladi. Hatto u qaysi shaxzodani tanlashigacha. ) U shunday mehr bipan gapirarkan bazida Qirolicha Yuwonga ham jilmayib qõyardi. Birdan bazm ichidagi odamlardan kimdir


X: Malikani ismini nima qõyamiz. ) Bu gapdan keyin Qirol Kim Qirolicha Yuwonga qaradi. Qirolicha ham Qirolga tabassum qilib qõydi. Qirol qaytib olomonga yuzlanib, malikaning yoniga keldi.


Qirol Kim: Men malikaga rahm- shavqatli, idrokli, mehribon va sevgisi chin bõlgan Jiwon deb ism qõyaman. ) hamma qarsak chalib Qirolni olqishlashdi. Hamma Malika Jiwonning ismidam mamnun edilar.


Qirolicha Yuwon: Azizim juda ham chiroyli ism qõydingiz. Qizaloĝim Jiwon ) deb Qirol va Qizing yoniga keldi. Qirol Kim ham Qirolichani bir qõli bilan belidan õrab oldi. Bazmda hatto farishtalar ham bor edi. Malikalar ham otasi va oyisini yoniga kelib singlisiga qarashardi. Chaqaloq Jiwon ham opalarini sochini tortib zavq olib kulardi. Honaga kimdir kirib keldi.


X: Qirolim bugun oy tõladigan kun edi esimgizda bõlsa. Farishtalar malika uchun õz tilaklarini bildirishi kerak. ) ayol juda ham qari va egilib qolgan edi. Ovizi ham uzulib keldi. Qirol Kim boshini yaxshi degandek qimirlatib farishtalarga imo qildi. Farishtalar endi Malikani oldiga kelaman deganda chaqmoq chaqdi. Hamma birdan qõrqib ketishdi. Chaqaloq Jiwon esa yiĝlay boshladi ammo u negadir jimin qoldi. Huddi u kutgan kimdir kelgandek.


Yovuzlik sehrgari: Ha ha hahahha meni nega chaqirtirmadingiz. Bundan juda ham xafa bõldim lekin. ( U yurib kelib malikaning yoniga keldi) Ohh bu shirin qizaloq nega kulyapti. ( rostan ham Jiwon unga kulib qarardi) Nima meni kutganmiding. Nahotki sen... ( u gapini davom ettirmay sehri bilan yoniga Jeon Jungkookni telepartatsiya qildi) Shaxzodam. ( deb bosh egdi. Malika Jiwon Jungkookni kõrib juda ham xursand bõlib ketdi. Jungkookning sovuq aurasi malika Jiwonga urildi. Jiwon esa kulib tipirchilamay, shunchaki tabassum qildi. Hamma bu ikkisi qilayotgan ishiga qarab jim turishardi ammo Qirol Kimning sabr kosasi tõldi.


Qirol Kim: Malikaga yaqinlashma. ) deb malikani oldiga uzoqlashtirdi.


Jungkook: U meniki bõladi ishonavering. ) Kichkina Jungkook shunday deb bu yerni tark etdi. Yovuzlik sehrgari esa malika Jiwonni yoniga kelib.


Y/S: Malika senga õz tilagimdan beraman. (Qirol Kim: Yooooq unday qilmaaa) SEN BU DUNYODA QIYNALIB HAYOT KECHIRASAN. DOIM ÕZINGNI YOLĜIZ HIS QILASAN. ZAIF MALIKA ÕZINGNI HECH QACHON HIMOYA QILA OLMAYSAN. (Qirolicha Yuwon: Bas qil Iltimos) SEN ÕZ SHAXZODANG UCHUN QURBON BÕLADIGAN MALIKA BÕLASAN.) dedi va ĝoyib bõldi. Kichkina malikalar tinmay yiĝlashardi. Qirol va Qirolicha ming afsus chekishardi. Endi bu qarĝishni hech kim qaytara olmaydi. Birdan bir farishta Jiwonni yomiga kelib


1.Farishta: Malika Jiwon sen dunyodagi eng beĝubor va beozor malika bõlib ulĝayasan. ) birin ketin uning ortidan farishtalar kela boshladi.


2.Farishta: Malika Jiwon sen barcha hayvonlar tilini tushuna oladigan yagona malika bõlasan.


3.Farishta: Jiwon seni sevging hamma narsani yenga oladi.


3Farishta: Bu qarĝishni faqat sizni chin yurakdan sevgan shaxzoda halos qiladi.

3 tilak farishtasi.

***·

Timeskip ➡️

ORADAN 17 YIL ÕTDI .

PovAuthor:

Bizning hikoyamiz ana endi boshlandi. Ezgulik qirolligida Qirol Kimning 7 ta qiz farzandi bor. Ular:

Kim Minsu 23 yosh. Qirol Kimning 1-farzandi. Minsu judayam mehribon va õzagacha malika. U uchun juda kõp shaxzodalar kelgan lkn u rad javobini berardi.
Kim Ari. 21 yosh. Minsudan keyingi farzand. Juda ham beĝubor va kõngli toza malika. U pianinani juda ham chiroyli chaladi.
Kim Entahi. 19 yosh. Aridan keyingi farzand. Jiddiy lekin yaqinlari uchun juda ham quvnoq malika.
Kim Yisu. 18 yosh. Entahidan keyingi farzand. Aqlli va mehribon malika.
Kim Minji. 18 yosh Yisuning egizagi ularning orasidagi farq atiga 34 minut. Minji juda ham chiroyli va tortinchoq malika
Kim Jiwon. 17 yosh. Beģubor, chiroyli va kitobsevar malika. Kõp vaqtini qasr yonidagi baĝda õtkazadi. Opalari un doim õziga hos gullar terib keladi. Hullas davomi ff da
Sõngi farzand Kim Bona. 16 yosh. Erkatoy, quvnoq va chiroyli malika. (Fanfic boshlandi.)

• Malikalarni har birida alohida qobiliyat bor. Malikalar doim hammaga bir xil muomilada bõlishgan goh u kambaĝal bõlsin goh u boshqa. Ezgulik qirolligida hammaga birdek munosabatda bõlishadi. Bamisoli jannat kabi. Mana bugun ham malikalar qasrdan chiqib, õzalri yoqtirgan ish qilishni hohlashdi. Malikalar odam tõla qishloqda sayr qilib yurishardi. Va ularga kimdir urilib, qoqilib ketdi. Uni malika Arini ustiga yiqilidi. Ular esa bir kõlmak ustiga tushushdi.


Ari: Ayshhh ehtiyot bõlsangiz bõlmaydimi ?! ) deb ustida turgan yigitga aytdi.


Minsu/ Entahi: Ahvoling yaxshimi Ari ) deb uni õrnidan turĝizishdi. Yigit ham hijolat bõlib turdi. Malika Arining nim pushti libosi qop qora loy bõldi.


X: Ming bor uzr sõrayman. Juda shoshilayotgan edim. ) deb u tazim qilgancha ketib qoldi. U sal naridan kyn ĝoyib bõldi. Uni yuzini malika Ari yaxshi kõrolmadi. Faqat kõzlarini kõra oldi holos.

Kõzlari


Ari: Ha hammasi joyida ammo mening libosim ayshhh endi nima qilaman. ) deb yer tepindi. Malikalar endi qasrdan chiqishgandi.


Entahi: Otamga kõrinmasligingiz kerak, bõlmasa sizni qaytib qasrdan chiqarmaydilar. ) deb ogohlantirganday bõldi.


Minsu: Entahi haq Ari tezroq qasrga qaytish kerak. ) Malikalar hafsalasi pir bõlib qasrga qaytishdi. Malika Yisu va Bona ularni kõrib, savolli qarashdi.


Yisu: Mm Ari opa sizga kimdir hamla qildimi yoki ) deb kuldi. Ari chuqur uh tortib


Ari: Yisuginam hozir seni õzim loyga botirib olaman) deb ortidan quvdi. Ular shunday kulishib Malika Ari libosini alishtirdi.


Minsu: Jiwon qayerda uni kõrmadingizmi !? ) Malikalar yoq deyishdi. Keyin Malika Bona


Bona: opa Jiwon opam boĝda yoki kutubxonada bõlishi mumkin. ) Minsu yaxshi deb honani tark etdi. Malika Ari esa hayol surib õtirganida uni oldiga Malika Minji keldi.


Minji: Ari opa kim haqida õylayapsiz biz ham bilaylik ) oldiga õtirib oldi. Qolgan Malikalar ham ularga yaqinroq õtirib oldi.


Ari: Mm nega bunaqa tikilyapsizlar a!?


Malikalar: Voyy ayta qoling endii !!


Ari: Hop e. Opam, Entahi bilan qasrdan chiqib sayr qilish uchun qishloqga bordik va bir yigit menga urilib ketdi. U qora yopinchiq kiyib olgani uchun uni kõzlarini kõrib qoldim va oshiq bõldim ) deb ohirini yoqimli qilib aytdi. Malikalar esa õzlarini zõrĝa kulishdan tiyib õtirishardi. ) Ha nega kulyapsiz tentakalar men rost gapni ayttim.


Minji: Yoq kulmadik. Davom etavering opa.


Bona: Ha opa juda ham zõr bõlibdi. Shuncha shaxzodalar ichidan atiga sizga urilib ketgan bir begonaga oehiq bõlish bu biroz qanaqadir boshqachada.


Yisu: Men bularni gapiga qõshilgan holda sizga baxt tilayman opajon ! ) deb quchdi.


Entahi: U yigitning aurasi biroz qõrqinchlidek tuyuldi menga ) deb aytdi. Malika Ari unga tushunarsiz qaradi.

Malika Ari

***·

Timeskip ➡️

PovAuthor:

Qoronĝu zulmat qoplagan Yovuzlik qirolligida ham yetti ta yovuz shaxzodalar ham ancha ulĝayishgan edi. Qirol Jeonning õĝilari. Ular:

Kim Seokjin. 33 yosh. Kelishgan yigit ammo bu qiyofa ortida juda ham kõp vaxshiyliklar bor.
Kim Namjoon.31 yosh. Maxluq kabi juda ham yovuz shaxzoda
Min Yoongi. 31 yosh. Qõli qonga belangan vaxshiy shaxzoda
Jung Haseok. 30 yosh. U boshqacha negadir insonlarni juda kam õldiradi.
Park Jimin. 29 yosh. Eng vaxshiy eng yovuz shaxzoda
Kim Taehyung. 29 yosh. Õta jiddiy shaxzoda
Jeon Jungkook. 27 yosh. U umuman akalariga õxshamaydi. Juda ham vaxshiy, hech kimdan qõrqmaydigan shaxzoda.

• Bu yetti shaxzodalar vaxshiylikda tengi yoqdir. Bu Yovuzlik qirolligida yashaydigan barcha maxluq insonlar va vampirlar ulardan qõrqishadi. U yerdan faqat qõrqinchli ovozlar eshitilardi. Yovuzlik qirolligiga hamma hatto yaqiniga yõlashga ham qõrqadi. Mana hzr ham shaxzodalar bir joyga yiĝilib kimnidir kutishardi.


Yoongi: Ayshhh nega kelmayapti bu bola a) deb qõlini mushladi.


Jin: Qizishma ) jiddiy ohangda


Jk: Ana keldi ) hamma eshikka qaradi.


Jimin: Namuncha baqirmasangiz mana keldimku yõlda .... ) gapini davom ettirmay jim qoldi.


Tae: Nega yõlda nima bõldi.?


Jimin: Hech nima mana sizlar aytgan narsa.

Olmoslar

Namjoon: Barakalla) deb ular ishni boshlashdi.

YARIM SOATDAN SÕNG

Jin: Ana tayyor . ) qõliga kõtardi.

Sehrli Birana olmosi guli

Yoongi: Õxshadi huddi Birana olmosi guli kabi bizga qoyil ) deb shaxzodalar xursand bõlishdi.


Jk: Bu anniq ish beradimi?!








1-bob tugadi.✨

Yoqimli mutolaa azizlar sizlarga yoqadi deb umid qilaman.😊 Savage oilasi har biringizdan ff hawida fikringizni kutaman.💗


Fanfic Savage world fanfic kanalida yozildi.

Report Page