Blender Bo'yicha 2-Videkurs!

Blender Bo'yicha 2-Videkurs!

Harry Ali

Salom, do'stlar! Ushbu videokurs Blender bo'yicha o'rta darajadagi tajribalarni egallashingizga ko'maklashadi. Videokursni o'rganish uchun sizdan Blender dasturi bo'yicha boshlang'ich bilimlar bo'lishi talab etiladi.


Avvalo, Blender bo'yicha boshlang'ichlar uchun ham alohida videokurs borligini aytib

o'tmoqchiman. Batafsil ma'lumotni quyidagi youtube videodan olishingiz mumkin:

https://www.youtube.com/watch?v=a8apXoYxgtE


Demak, 2-videokurs haqida gaplashsak. Ushbu kurs hozirda 5ta Bo'limga ajratilgan.

1. Modellashtirish

Modellashtirish bo'limi o'z ichiga 3ta bobni qamrab oladi. Birinchi, "Hard Surface Modeling" bo'limida biz mana bunday jangari robotning modelini yasash orqali, yangi funksiyalarni o'rganamiz.

Ikkinchi, "Sculpting" bo'limida biz haykaltaroshlik funksiyasi orqali personajlar qanday modellashtirilishi va ularning topologiyasi haqida ma'lumotlar olib, amalda sinab ko'ramiz:

Uchinchi, "Exterior Modeling" bo'limida esa, arxitektor chizmasi asosida uyni modellashtirishni, chizmani o'qishni o'rganamiz va mana bunday uyni o'z qo'limiz bilan modellashtiramiz. O'quvchilar uchun bir nechta uy chizmalari beriladi va ular o'zlari tanlagan uyni, yoki o'z uylarining modelini tuzishlari mumkin.

Uyni modellashtirish bilan birgalikda naqshlarni modellashtirishni ham o'rganamiz

To'rtinchi, "Tank Modeli" bo'limida birgalikda juda ko'p detallardan tashkil topgan nemislarning "Tiger 131" tankini modellashtirib, yanada ko'proq bilim va ko'nikmalarni o'zlashtiramiz:

Tiger 131 tanki



2. Teksturalar

Teksturalar bo'limi hozirda 2ta bobdan tashkil topgan. Birinchi, "Protsedural Teksturalar" qismida Blenderning ichki tekstura nodlarini chuqur tushunib ishlatishni, ularni bir-biriga bog'lab, turli shakllar va teksturalar hosil qilishni o'rganamiz:

Ikkinchi, "PBR Teksturalar" bo'limida esa, modellarni eksport qilish va boshqa maqsadlarda ularning protsedural teksturalarini PBRga aylantirish, UV Unwrapping, Texture Painting funksiyalari haqida ma'lumot olib, bularni amaliy ish davomida sinab ko'ramiz.


3. Rigging va Drayverlar

Ushbu bo'limda biz 1-bo'limda modellashtirgan robotimizni rig qilish jarayoni orqali, riggingdagi jarayonlar va qo'shimcha funksiyalar bilan tanishib, uni animatsiya uchun tayyorlaymiz.

Shuningdek, drayverlar nima ekani va ular qanday ishlatilishi haqida ham ma'lumotlarni o'rganamiz


4. Vizual Effektlar

Ushbu bo'lim hozirda 2ta bo'limni o'z ichiga olib, birinchi, fizik simulyatsiyalar bo'limida biz Blenderda fizik simulyatsiyalar bilan ishlashni, ularning parametrlari nimalarga javob berishi va ularni sifatli ko'rinishga keltirish jarayonlari haqida gaplashamiz:

Ikkinchi, VFX kompozitsiya bo'limida esa, rasmlar va videolarga 3D modellarni joylashtirishni va compositing oynasidagi nodlardan foydalanish haqida boshlang'ich va asosiy tushunchalarni o'rganamiz:

Rasmga 3D modelni qo'shib, kompositsiya yaratish
Videoga 3D model qo'shib kompozitsiya yaratish


5. Animatsiya

Ushbu bo'limda hozirda darslar soni kam bo'lib, asosan animatsiyada ishlatiladigan ish maydonlari va animatsiya ishlash jarayonlari bilan boshlang'ich bilimlarni olasiz. Batafsilroq videodarslar tez orada qo'shiladi!


Hozirda videokurs tarkibida mavjud bo'lgan darslar mana shulardan iborat bo'lib, kurs tarkibiga vaqt o'tishi davomida yana yangi darslar qo'shib boriladi. Masalan, Yanvar oyi ichida videkurs tarkibiga animatsiya ishlash va PBR teksturalar yaratish bo'yicha bo'limlar kiritiladi. Shuningdek, o'quvchilar so'ragan ma'lumotlar, mustaqil ishlarida qiynalayotgan joylari uchun ham videoqo'llanmalar kiritib boriladi. Videokurs tarkibiga yangi bo'limlar qo'shilib borilishi bilan darslik narxi qimmatlashib boradi. Lekin yangi bo'lim qo'shilishidan avval sotib olgan o'quvchilarga yangi bo'limlar bepulga taqdim etiladi, ya'ni, ular uchun videokurs narxi o'zgarmaydi.


Darslik umumiy 27,5 soatga yaqin, 76ta videodan iborat. Shuningdek, videodars yozish jarayonida tayyorlangan fayllar ham o'quvchilarga taqdim etiladi.


Pul topishni boshlang!

Ushbu videokursni tamomlab, siz 3D modellar tayyorlab sotishni boshlashingiz va o'z iqtidoringizni daromadga aylantirishingiz mumkin bo'ladi. Videokursni sotib olganlar uchun alohida telegram guruhi ochilib, uyerda kursga oid bo'lgan yoki mustaqil proyektlaringiz uchun yordam olishingiz mumkin bo'ladi.


Videokursga qo'shiladigan yangi bo'limlar

Avgust oyida:

  • Animatsiya

Keyinroq qo'shiladigan bo'limlar:

  • Geometry Nodes
  • VFXga oid yangi darslar

Kursni sotib olish yoki kursga oid savollaringiz bo'lsa, Harry Aliga telegram orqali xabar yozishingiz mumkin.


Report Page