Bizning sotuvchilarimiz — bizning g‘ururimiz va Tadbirkorlar kunida biz ular haqida gapirishga qaror qildik

Bizning sotuvchilarimiz — bizning g‘ururimiz va Tadbirkorlar kunida biz ular haqida gapirishga qaror qildik

 


Bugungi kunda bizning platformamizda o‘z mahsulotlarini butun mamlakat bo‘ylab 10 000 dan ortiq sotuvchilar sotmoqda va Tadbirkorlar kunida biz ular haqida bir oz ko‘proq gapirishga qaror qildik.

 

— Marketpleys kichik biznes uchun ulkan infratuzilmani yaratmoqda — va tadbirkorlar undan faol foydalanmoqdalar. Shunday qilib, bizning sotuvchilarimizning deyarli 77 foizi yakka tartibdagi tadbirkorlardir.

 

— Ammo bu o‘rta va yirik biznes geografiyani kengaytirish va yangi xaridorlarni jalb qilish uchun onlayn formatdan foydalanmaydi degani emas — o‘z tovarlarini Uzum Marketda 1500 ga yaqin o‘rta biznes vakillari va 300 ta yirik kompaniyalar sotmoqda.

 

— Bizning sotuvchilarimizning qariyb 30 foizi ayollardir va ularning soni tobora ko‘payib bormoqda! Biz jinsi, mintaqasi va biznes ko‘lamidan qat’i nazar, barcha tadbirkorlar uchun teng sharoitlarni yaratishda davom etamiz.

 

— Sotuvchilar orasida eng mashhur toifalar: go‘zallik va salomatlik, uy-ro‘zg‘or buyumlari, kiyim-kechak va aksessuarlar, shuningdek elektronika — shu toifadagi tovarlar o‘z bizneslarini rivojlantirish va marketpleysga chiqish uchun eng ko'p tanlanadi.

 

— Marketpleysdagi tadbirkorlarining 100 foizi o‘z tovarlarini Uzum Nasiyadan muddatli to‘lovga sotishlari mumkin — shu to‘lov usuli platformaning barcha sotuvlarining qariyb 55 foizini tashkil etadi.

 

Sotuvchilarimiz tufayli 700 000 dan ortiq noyob tovar nomlari O‘zbekiston bo‘ylab hatto kichik aholi punktlari yashovchilari uchun ham mavjud. O‘z biznesingizni Uzum Market bilan rivojlantirganingiz uchun tashakkur — Tadbirkorlar kuni muborak bo‘lsin!

 



Report Page