Biznesmenlar o`qishi shart bo`lgan maxsus bestseller kitoblar - o`zbek tilida.

Biznesmenlar o`qishi shart bo`lgan maxsus bestseller kitoblar - o`zbek tilida.

Kitapp premiumAugust 20, 2020February 18, 2021


Unutmang! O`qiganlar o`qimaganlarni boshqaradi!


1 ) Daniel.H.Pink - Drive: bizga nimalar motevatsiya berishiga oid g‘aroyib haqiqatlar.

Xodimlarni boshqarishda hozirgi kunga kelib ham zamonaviy biznesmenlarimizning ko`pchiligi ananaviy usuldan foydalanishmoqda. Boshqacha qilib aytganda, ishchilardagi samaradorlikni oshirish uchun boshliqlar hanuz mukofotlar yoki jazolardan foydalanishmoqda. Ammo, muvaffaqiyatli rahbarlar esa hodimlarga to`g`ri berilgan motivatsiya orqali ish unimini ko`zlagan darajaga olib chiqishmoqda. Bu kitob sizga ham anashundan to`g`ri motivatsiya berish yo`llarini o`rgatadi.

"Drive" — Daniel. H. Pink muallifligi ostida yozilgan ushbu kitobda - gumanistik psixologiya va real boshqaruv amaliyotida zarur bo'lgan ko'nikmalar to'plangan!

Motivatsiya va odatiy biznes boshqaruvining usullari to'qnashgan provokatsion va munozarali kitob. Birgina to'g'ri qo'yilgan motivatsiya insonlar hayotida qanchalik burilish yasashi mumkinligini ko'rish mumkin. Barchasi real. Faqat eng qimmatli fikrlar, g'oyalar, keyslar, misollar orqali.

2) J.Frayd & Devid X.Xenson - Rework.

Ushbu kitob nashirdan chiqqan zahotiyoq Amerikada bestsellerga aylandi. Bu bejizga emas - aslida kitob ko`pincha omadga to`sqinlik qiluvchi "To`g`ri" biznes yuritish haqidagi an`anaviy tasavvurlarni ostin-ustun qilib yubordi.

Mualliflar omadli ikki tadbirkor bo`lib, ular qanday qilib o`z biznesingizni boshlash yoki mavjudini takomillashtirish,aniqrog`i, unga nisbatan qarashlaringizni o`zgartirish, alal oqibat misli ko`rilmagan erkinlikka ega bio`lishingiz hamda yanada ulkan natijalarni qo`lga kiritishingiz haqida so`z yuritadi.

Kitob endi ish boshlayotganlar uchun ham, tajribali ishbilarmonlar uchun ham juda foydali, u bir vaqtning o`zida ham ro`xlantiradi, ham gangitib qo`yadi, ham issiq o`rningizdan qo`zg`atadi va foydali amaloiy manba beradi. Biznes shunaqa bo`lishi haqida o`ylab ham ko`rmagansiz!

"HDNet" asoschilaridan biri hamda "Dallas Mavericks" Amerika professional basketbol jamoasi egasi Mark Cuban Jason Fried va David Hanssonlarning "REWORK" asari haqida shunday deydi:

“Agar REWORK kitobini o‘qigan va MBA darajasini olgan kishilarning faqat biriga sarmoya kiritish tanlovi qo‘yilsa, men har doim REWORK o‘qigan insonga investitsiya kiritar edim.

REWORK — har bir tadbirkor o‘qishi shart bo‘lgan kitob.”

3) Piter Til - Noldan birgacha ( Zero to One ).

4) Maksim Batirev (Kombat) - Sotuvchining 45 tatuirovkasi.

"Sotuvchining 45 tatuirovkasi" —
Maksim Batirev qalamiga mansub ushbu kitobda qanday qilib sotuvni oshirish, to‘g‘ri sistemalashtirish shu bilan birga xodimlarni samarali boshqarish hamda haqiqiy liderlik tamoyillari yoritilgan!

Har bir tadbirkor faoliyati davomida duch kelgan mushkul vaziyatlarning yechimi - go‘yoki bir tatuirovka singari uning xotirasida abadiy qoladi. Savdo bo’limi menejeri lavozimidan boshqaruvchi martabasiga erishgan Maksim Batirevning hayotida ulardan naq 45 ta.Tatuirovka hayot uchun yozuvdir. Bu kitobning boblari- tadbirkor (Maksim Batirev)ning xotirasida uzoq yillik tajribalar davomida qolgan tatuirovkalardir.

Muallifning ta’kidlashicha, agar tadbirkor zarur paytda o‘z tatuirovkasi haqida eslasa, yoqimsiz vaziyatlarga ro`baro kelmaydi va istagan natijasiga albatta erishadi.

5) Robin Sharma - Muvaffaqiyatning 200 siri

"Muvaffaqiyatning 200 siri" — Motivatsiya, yetakchilik va shaxsiy rivojlanish bo`yicha dunyodagi yetakchi mutaxassislardan biri Robin Sharma qalamiga mansub asar.

O‘z-o‘zini rivojlantirishga undovchi bestseller. Muvaffaqiyatga erishishni istaganlar rioya etishi lozim bo‘lgan qisqa, ammo hayotiy maslahatlar to‘plami. Uning orasidan aynan o‘zingizga mosini topishingiz tayin.

Kitobdagi maslahatlarni shunchaki o‘qish bilan cheklanib qolmay, real hayotingiz davomida foydalansangizgina, sizga ulkan imkoniyatlar eshigini ochadi. Shunda ko‘zlagan maqsadingizga albatta erishasiz!


6) Metyu Dekson & Brent Adamson - Savdo chempionlari

Professional sotuvchilar o'rtacha sotuvchilardan nimasi bilan farq qiladi?
Eng yaxshi sotuvchilarni ajratib turadigan fazilatlar qanday va savdo chempionlari nima qilishadi?
Qanday qilib o'rtacha sotuvchilarni eng zo'riga aylantirasiz? Ushbu savollarga javob berish uchun mualliflar biznes tarixidagi minglab sotuvchilarning ishi bo'yicha eng katta tadqiqotlardan birini o'tkazdilar.

Ma'lum bo'lishicha, eng yaxshi sotuvchilar xaridorlarga cheksiz mahsulot xususiyatlariga ega yuklarni yuklamaydilar, ularning har bir so'rovi yoki e'tiroziga rozi bo'lmaydilar, qat'iyatlidirlar va o'z vaqtida bosim o'tkazishlari ham mumkin.

Ushbu kitobni sinchkovlik bilan o`rganish orqali siz va sotuv komandangiz tez orada chempionga aylanadi!

Ushbu kitob - daromadini sezilarli darajada oshirishni istagan savdo menejerlari va professional sotuvchilar uchun.
Biznesmenlar va Startup egalari o'qishi shart bo'lgan kitob.

📌"Siz o'rganmoqchi bo'lgan tadqiqotlar va egallashingiz kerak bo'lgan instrumentlar bu qadar muhim emas. Hozir bu kitobni o'qish uchun eng muhim fursat!"
Bill Geyts.

Kitob haqida:
✅ Mualliflar: R. Hofman & K. Yeh
✅ Muqova: Qattiq
✅ Hajmi: 352
NEYROMARKETING kitobi endi o'zbek tilida!

Har bir tadbirkor o'qishi shart bo'lgan kitob!

📌" Niyromarketing ikki ilm to'qnashuvidan, inson idrokining qonuniyatlarini bilish orqali savdo jarayonida xaridorga hissiy ta'sir ko'rsatishning aniqroq uslubini tanlash imkonini yaratuvchi yangi yo'nalish haqida so'zlaydi.
Neyromarketing kitobidan.

Kitob haqida:
✅ Mualliflar: Arndt Trayndl
✅ Muqova: Qattiq


Ushbu kitoblarni hoziriq buyurtma qiling va biznesingizni hamda o`z hayotingizni ijobiy tomonga o`zgartiring!


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram | Facebook | Instagram








Report Page