Biznes uchun SMM kursi

Biznes uchun SMM kursi

Najot Ta'lim

SMM "Social Media Marketing" yoxud "Sanoqsiz mijozlar manbai" bu o'z faoliyatingiz haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali mijozlarga ma'lumot berib borishdir. Hozirda mazkur sohaga talab yuqori va mutaxassislar ham talaygina. Ammo ularni saralash va ularga vazifalarni to'g'ri taqsimlash ham katta mas'uliyatni va bilimni talab etadi.

Avvalo, ushbu sohada xodimlarni boshqarish va ularga topshiriqlarni to'g'ri taqsimlab berish uchun biznes egasidan yuqori bilim va tajriba talab etiladi. Agar bu jarayonda xatolikka yo'l qo'yilsa, yo qimmatli vaqtingiz havoga sovuriladi yoki sarflangan mo'maygina mablag'siz qolishingiz mumkin. Masalan, novvoyga loy tutqazib, kulolga esa non tayyorlashni buyursangiz, ko'ngildagidek natijaga yoki umuman natijaga erisholmaysiz.

Ba'zi tadbirkorlar bu sohada yetarlicha bilimlarga ega bo'lmaganligi sababli, ular mazkur sohadagi jarayonlar, qancha mablag' talab etilishi va bu sohada mehnat qiluvchi xodimlarni to'g'ri boshqarish borasida qiyinchiliklarga duch keladilar. Aynan mana shunday muammolarni bartaraf etish va ishbilarmon tadbirkorlarga ko'mak berish maqsadida ushbu intensiv kursni yo'lga qo'ydik.

Marketingga kirish
Auditoriyani aniqlash va u bilan ishlash 
Marketing tahlili
Branding va rebranding
Strategiya tuzish 
Kontent plan ishlab chiqish
Traditional marketing 
Digital marketing 
Social media 
Targeting va ads manager
Influnser & blogerlar
Trello, google kalendar ishlash, noushn va boshqa internet instrumentlari bilan ishlash. TZ berish qoidalari
Loyiha boshqaruvi 
Ikki bosqichli himoyalanish va bloklanishni oldini olish
Abutech digital kompaniyasining yuqori malakali va tajribali xodimlardan tashkil topgan jamoasi o'zining boy tajribasidan foydalangan holda, amaliy bilimlarga asoslanib darslarni olib boradilar.

Zamonaviy bilimlarni egallash, o'z biznesini rivojlantirish, uni kengaytirish, mazkur sohada xodimlarni samarali boshqarish va eng muhimi professionallardan bilim olishni istagan barcha tadbirkorlarni kursimizga taklif etamiz.

Har bir dars 2 soat davom etadi.

Kursga ro'yxatdan o'tish


 Administratorga yozish


📞 Tel: +998998260011


Manzil: Toshkent shahri, Xadra maydoni, Sebzor ko'chasi


Mo'ljal: O'zbekiston davlat sirkining orqa tarafi, Milliy taomlar yonida.

Report Page