Biznes muhiti qulayligi - Business Enabling Environment (BEE)

Biznes muhiti qulayligi - Business Enabling Environment (BEE)

EconomyPress

Joriy yilning 5-fevralida Jahon banki guruhi tomonidan Business Enabling Environment (BEE) - Biznes muhiti qulayligi* loyihasi uchun veb-sayt ishga tushirilgan.

Avval xabar qilinganidek, joriy yilning 8-fevralidan boshlab Jahon banki tomonidan 190 ta mamlakatda biznes yuritish qulayligini baholagan "Biznes yuritish" (Doing Business) xalqaro tadqiqotining vorisi bo‘lgan BEE loyihasining Dastlabki konsepsiyasi jamoatchilik tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun taqdim etildi.

Biznes-muhiti qulayligi loyihasining taklif etilayotgan asosiy ma’lumotlari va hisoboti fan sohasi mutaxassislari hamda davlat, xususiy sektor va fuqarolik jamiyatidagi potensial foydalanuvchilarning fikrlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi, sinovdan o‘tkaziladi va amalga oshiriladi.

Jahon banki tomonidan tashqi maslahatlashuvlar orqali respondentlarni biznes va investitsiya muhitini baholashga yangi yondashuv yuzasidan fikr bildirishga taklif qiladi, takliflarni qabul qilishning oxirgi muddati joriy yilning 8-mart kuni etib belgilangan.

Izoh:

* Bu uning ishchi nomi va u kelajakda o‘zgarishi mumkin.

https://www.worldbank.org/en/programs/business-enabling-environment


Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati

Report Page