Bizga g'oyalar va manbaalar kerak

Bizga g'oyalar va manbaalar kerak

Intent Studio Support
Dog'lar Official Teaser-Trailer

Assalomu alaykum! Biz Intent Studiomiz. Motion sohasida ishlaymiz. Marketing uchun videoroliklar yaratishdan tashqari, ijtimoiy loyihalar yaratish ham bizning yo'nalish hisoblanadi.

Bundan bir hafta avval biz bir loyiha boshladik: «Dog'lar» nomli hujjatli filmlar seriyasi. Batafsil bu yerda tanishib chiqa olasiz. Biz Bankir Kundaligi blogi bilan hamkorlikda ishlamoqdamiz. O'zbek blogerlari bunaqa ishga qo'l urishmagan. Birinchi marta biz Telegramda rasmiy premyera e'lon qilmoqchimiz. Telegram - bu sal g'alati tuyulishi mumkin. Lekin haqiqiy natijani vaqt ko'rsatadi.

Tizerni tayyorlab e'lon qildik.

Lekin bizda muammo yuzaga keldi. G'oya yo'qligi, ilhom kelmasligi, materiallar kamligi.

«Dog'lar» siz yaxshi taniydigan tepadagi ayrim «akaxonlar», «oqsuyak zodagonlar» haqidagi hujjatli film. Biz bu film orqali, poraxo'r amaldorlarning, davlat budjetini, xalq pullarini haromdan kemiruvchi mansabparastlarning asl basharalarini ochib bermoqchimiz.

Sizdan talab etiladigan narsaga to'xtalsak, bizga aynan shu mavzuda materiallar: intervyular, suhbatlar, axborotlar, media materiallari, kinolardan iqtiboslar... xullas shunga o'xshash barcha narsani qidirib topish va bizga yetkazib berish vazifasi qo'yilgan.

Asosiy masala:

Yetadigan manfaat, hozircha savobdan iborat... Bu xizmat uchun mukofot, Alloh beradigan ajrdir! Shuningdek bizga kerakli manbaalarni topib bera olsangiz va bu qabul qilinsa, film oxirida jamoa ichida g'oya muallifi sifatida sizning ismingiz zikr etiladi. Albatta keyinchalik loyiha muvaffaqiyat qozonsa moliyalashtirish eng asosiy rejamizni band qilgan. Ana shunda bizga manbaa yig'ish bo'yicha yordam bera olsangiz, sizni moliyaviy tarafdan ham rag'batlantiramiz, Inshaalloh.

Bizga shu mavzuda materiallar jo'nating, savobga sherik bo'ling, jamoamizning bir qismi bo'ling va katta ijtimoiy loyiha ishtirokchisiga aylaning.

Intent Studio

Biz sini kutamiz! Materiallarni mana bu profilga bemalol yuborishingiz mumkin:

Farrux Sotvoldiyev


Hurmat ila Intent Jamoasi!

Report Page