#“Biz zo’ravonlikka qarshimiz”

#“Biz zo’ravonlikka qarshimiz”

Xumora Zavqiyevna

Psixologiya kafedrasining 2021-2022 o’quv yilida TTJda o’tkaziladigan “Kafedra kunlari” doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi asosida “Psixologiya” ta’lim yo’nalishi talabalari bilan “Biz zo’ravonlikka qarshimiz” mavzusida   tadbir o’tkazildi.

Tadbirni Psixologiya kafedrasi mudiri v.v/b A.M.Nazarov o’z so’zi bilan ochib berib, davlatimiz rahbarining shaxsiy tashabbuslari bilan so‘nggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga alohida ahamiyat berib kelinayotgani, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganligini ta’kidladi.

Shundan so’ng Buxoro viloyati IIB boshqarmasi Huquqbuzarlik profilaktikasi boshqarmasi boshlig’ining xotin-qizlar masalalari bo’yicha o’rinbosari podpolkovnik Sharopova Dilfuza Qudratovna mamlakatimizda gender tengligini taʼminlash maqsadida 2019 yil 2 sentyabr kuni “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinganligini, ichki ishlar organlarida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor lavozimlarining joriy etilganligi ojiz jins vakilasi hisoblanmish xotin-qizlarni zo‘ravonlik va tazyiqdan himoya qilish maqsadida tashlangan eng dadil qadamlardan biri bo’lganligini ta’kidladi.

Suhbat davomida tadbir ishtirokchilari o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan Buxoro viloyati IIB boshqarmasi Huquqbuzarlik profilaktikasi boshqarmasi boshlig’ining xotin-qizlar masalalari bo’yicha o’rinbosari podpolkovnik Sharopova Dilfuza Qudratovnaga murojaat qilishdi hamda kerakli javoblarni olishdi.

Tadbir yakunida psixologiya kafedrasi o’qituvchisi D.Ismatova bu kabi tadbirlar yana davom etishini  aytib, tadbir tashkilotchilari va qatnashchilariga o’z minnatdorchiligini bildirdi.

Pedagogika fakulteti matbuot xizmati.


Report Page