“Biz zo‘ravonlikka qarshimiz”

“Biz zo‘ravonlikka qarshimiz”

“Hududgaz Xorazm” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

BMT Bosh Assambleyasining 1999-yil 17-dekabrdagi rezolyusiyasiga ko‘ra “25 noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish kuni” deb eʼlon qilingan.

“Hududgaz Xorazm” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

2014 yilda esa BMT Bosh kotibi xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonliklarni bartaraf etishga qaratilgan “UNITE” nomli tashabbusini ochiq deb eʼlon qildi. Shu munosabat bilan har yili dunyo miqyosida 25-noyabrdan 10-dekabrgacha “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” shiori ostida turli tadbirlar o‘tkaziladi.

“Hududgaz Xorazm” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
“Hududgaz Xorazm” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Bu borada mamlakatimizda ham so‘nggi yillarda ayollar huquqlarini himoya qilish, gender tenglikni taʼminlashga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

“Hududgaz Xorazm” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Sana munosabati bilan “Hududgaz Xorazm”GTF majlislar zalida Xorazm viloyati IIB masʼul xodimlari bilan hamkorlikda “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

“Hududgaz Xorazm” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Unda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ayollarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish hamda gender tengligiga erishish mavzulari yuzasidan Xorazm viloyati IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, kapitan S.Xudayberganovaning ma'lumotlari tinglandi.

“Hududgaz Xorazm” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati


“Hududgaz Xorazm” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati


Report Page