Biz tanish emasmizmi?

Doppelgangerlar va idrok
2015-yilda 28-yoshli Irland ayoli Niam Jineyga telekanaldan noodatiy bir tanlovda ishtirok etish taklifi tushdi: bu bellashuv uning qiyofadoshi bo’lgan butkul notanish insonni, ya’ni unga biologik aloqasi bo‘lmagan qiyofadosh egizagini izlab topishdan iborat edi. Ijtimoiy tarmoqlar va boshqa mavjud saytlarga berilgan qidiruvning ikkinchi haftasidayoq, u Dublindan o’z qiyofadoshi Kerin Branigenni topdi. Undan so’ng, boshqa bir qiyofadoshi Luiz Guizzardini Genuyadan topdi. Va ulardan so’ng, Sligodagi qiyofadoshi Ayern Adamsni uchratdi. Ko’rinishi jihatdan, ularning barchasi ikki tomchi suvga o’xshash, ammo real hayotda butkul notanish insonlar edi.
Parallel dunyodan o’z qiyofadoshini topgan inson yolg’iz Jiney emas. Mashhurlar hayotida o‘zining qiyofadoshini topish hodisasi ko‘p uchraydi. Yer sharining qaysidir bir burchagida sizga quyib qo’ygandek o’xshash bo’lgan inson yashamoqda. Bu sizning nodirligingizga haqorat deb bilasizmi yoki unga insoniyatga berilgan sinov sifatida qaraysizmi, o’zingiz bilasiz. Har ikkala holatda ham, yakka-yu yagonalik hikoyasi bu yerda yakun topmaydi. Chehralardagi o’xshashlik masalasi ko’pincha nazardan chetda qoldiriladi: taniy olish qobiliyati har kimda turli darajada rivojlangan va mana shu farqlar kishilar o’rtasida nechog’lik o’xshashlik bor ekanligini qisman belgilaydi.
Bir tomondan “yuz so’qirligi” yoki boshqacha aytganda, prospagnoziya bilan og’rigan bemorlarni misol qilish mumkin. Prospagnoziyaga chalingan kishining qo’liga surat tuting va u ushbu suratdagi inson haqida uning sochlari rangidan tortib to yuzidagi imo-ishoralargacha bo’lgan xilma-xil savollarga javob bera olishiga amin bo’lasiz. Biroq, undan bu inson kim ekanligini aniqlab berishini so’rasangiz — suratdagi inson mashhur yulduzmi, yaqin do’stimi yoki hattoki o’zi ekanligini aytishga qiynaladi. Boshqa tomondan, chehralarni tanish qobiliyati shunchalik darajada yaxshi rivojlangan insonlar borki, bu qobiliyat ularga hamisha qo’l kelavermaydi: bir yil ilgari metroda tasodifan uchratib qolib, chehrasini eslab qolgan insonni hammaga o’xshataveradigan “super o’xshatuvchilar” ham yo’q emas. Aksariyat qismimiz mana shu shu ikki oralig’damiz — yuzlab va minglab yuz qiyofalarini taniy olamiz, ammo har birini emas.
Insonlar, shuningdek, muayyan ko’rinishdagi yuzlar yoki ayrim insonlarni tanish qobiliyatining rivojlanganlik darajasida ham bir-birlaridan farq qiladi. Misol uchun, olimlar atrofimizdagi insonlardan ko’rinishi jihatdan ikki tomchi suvdek bir-biriga o’xshash irqiy segregatsiyalarning ta’sirini o’rgandi. Yoki egizaklar haqida o’ylab ko’ring, hamma ularga ikki tomchi suvdek bir-biriga o’xshashligini ta'kidlasalar-da, do’stlari va oilasidan iborat sanoqli insonlargina ulardagi farqlarni ajrata olish qobiliyatini rivojlantirgan.
Begonalar uchun, hattoki o’zlariga o’xshash egizaklar uchun ham, ular bir-biridan sira farq qilmaydi. Ammo ular bilan hamisha birga bo’lgan va egizak farzandlarini bir-biridan farqlashga chinakamiga tayyor ota-onalari uchun farzandlarining har biri takrorlanmas.
O’xshash chehralar haqida gap ketganda, tadqiqotchilar ‘yuz tuzilishi’ nazariyasiga murojaat etadi. Qiyoslash uchun, deylik biror obyektning joylashuvini uch o’lchovli maydonda qanday tasvirlash mumkinligi haqida o’ylab ko’ring. Mental obyekt, misol uchun yuz qiyofasini ham uning idrok etilgan xususiyat va o'ziga xosliklarini ko’p o’lchovli mavhum maydonda tasvirlash orqali buni amalga oshirishingiz mumkin.
Yer sharida yashab o’tgan insonlarning barchasini qo'shadigan bo’lsak, bu raqam 100 millionga borib qoladi. Bu degani do’stingiz yoki mashhur shaxs bilan siz adashtirib yuborgan har bir notanish insonlarning o’nlab, yuzlab va balki milliondan ortiq qiyofadoshlari bor. Qaylardadir, balki sayyoramizning qaysidir bir manzilida va davrida oddiy inson farqlay olmaydigan dopelgangeringiz — sizga biologik aloqasi bo’lmagan qiyofadosh egizagingiz mavjud.
Kanalga ulanish: Inson psixologiyasi