"Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz"

"Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz"

Axborot texnologiyalari fakulteti matbout xizmati.
O’zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tashabbusi bilan may oyi Respublikamizda sport oyligi deb e’lon qilindi. Bugun MOQ qo‘l urgan ushbu yangi loyihaga start berildi. Unda ilgari surilgan “Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz” jumlasi yuzlab yosh sportchilarning qalbidagi shiorga aylandi.

Shu bilan birga Buxoro davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti talaba-yoshlar o‘rtasida  "Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz" shiori ostida mini futbol sport turi bo‘yicha "DEKAN KUBOGI" sport musobaqasi o`tkazildi.

Musobaqada ishtirok etishistagini bildirgan hamda buyurtma talabnomalarni jami bo‘lib 13 ta jamoa qura jarayonida qatnashdi.

Qura natijalariga ko‘ra jamoalar ikki guruhga bo‘linib aylanma tartib bo‘yicha baxs olib boriladigan bo‘lishdi. Jarayon davomida talaba sportchilarga o‘yin jadvallari shakllantirilib taqdim etildi.

Guruh o‘yinlarining natijalariga ko‘ra musobaqaning keyingi bosqichiga 4 ta jamoa yo‘l oldi.

4-5 may kunlari musobaqaning yarim final va final o‘yinlari o‘tkazildi. Bu o‘yinlarda haqiqatdan ham munosib raqiblar bir-biri bilan bosh sovrin uchun kurashganligiga amin bo‘ldik. Final uchrashuvlari ham juda qiziqarli, kurash va baxslarga boy bo‘ldi.
 Raqiblar bir birlariga juda ham munosib ekanligi yaqqol ko‘rinib turdi.


Musobaqaning umumiy natijalariga ko‘ra:

1  – O’rin: 1-1ISO-19  
2  – O’rin: 1-1PMI-20
3  – O’rin: 1-1PMI-17

Barcha g‘olib jamoalar fakultet rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.



Axborot texnologiyalari fakulteti matbuot xizmati https://t.me/ITnews_BuxDu



Report Page