Biz sizdan rozimiz!! Siz ham bizdan bo'ling rozi.

Biz sizdan rozimiz!! Siz ham bizdan bo'ling rozi.

Kamol To'xtayev

Har doim derdim o’lim haq deb, 

Ammo bildim o’lim nomard, nohaq ekan. 

Hech kim ko’rmasa ham, siz ko’ring edi, 

 Do’dajonim, Mustaqillik, g’alabangiz bayramini.

 

Shunday nomard yurtfurushlar,  

shunday manqurd, elfurushlar, 

Sig’gan shu dunyoga, sig’mabsizda otajonim. 

Hech kim ko’rmasa ham siz ko’ring edi, tantanangiz.

Yurtingizni o’g’lonlarin-qizlarin, 

 G’olib bo’lib zafar quchgan CHEMPIONlarin. 

Sizsiz mazmunsiz “SHARQ TARONALARI”. 

Sizni toabad qumsagaydir “OQ SAROY”.

Afsus endi biz uchun, tunlari bo’lmay OY, 

Kunduzlari porlamaysiz quyosh misol. 

Soxibqirondek tinim bilmay, bir zum, 

 Dam olmadingiz, xalqim deb.

31 ellatni “BOLAM” dedingiz. Ex Temurzodam, 

Hechkimdan kam bo’lmagansan! 

 Inshoollox kam bo’lmassan!  

Iloxim, mendan baxtli bo’lib, kelajaging qurgaysan.

Bo’ldi 25-yil osmonimiz musaffo, tinch. 

Qarang bolalaringiz ko’zlarida bir olam sevinch. 

Ammo hozir yig’lamoqda O’zbekiston. 

Siz bizga kerak edingiz, xudo haqqi. 

Siz uchun fido bo’lsin xon-u-monim, 

Obod bo’lsin oxiratingiz otajonim. 

Ha musiybatdan yig’layapman, otaginam, 

Ammo, yelkamda qo’liz sezayapman.

Qulog’imga so’zlayapsiz, eshityapman, 

Deyapsizki: “Tur yig’lama, yoshingni art. 

Istamasdim! Yig’lashingiz, ko’rmayin ko’z yoshingiz, 

Sizlarni baxtli qilmapmidim men ahir……..?!

Unda tur o’g’lim ko’z yoshingni art! 

Seni kutmoqdadir xur kelajak. 

Men sizlarga naqshin saroy qurdim, qaranglar. 

 Tog’ni o’yib karvon soldim, qaranglar.

Go’zal gul-u-chaman bog’ qoldirdim, qaranglar. 

Ozod-tinch yurt tuzdim, qaranglar. 

Kimlar ko’ra olmagan, musoffo osmon bu qaranglar. 

Bu mendan meros FARZANDLARIM-DO’STLARIM!!! 

Siz sog’lom baxtli bo’lsangiz, untigayman dardlarim”.

Ammo sizsiz do’dajon, xuvvilarkan O’zbekiston. 

Siz marhum emas, tiriksiz ! Zero qalbimizda yashaysiz. 

Bilaman jannatda ham dam olmay, Iltijodasiz biz uchun, 

To tirik farzandlaringiz, duodadir siz uchun.

Report Page