Biz qanday esdan chiqaramiz yohud eng muxim ko’nikma.
KhamidullaVaqtim bo’lganda Amsterdamdagi kitob do’koniga borib turaman kitob olsam xam olmasam xam.

Bu kitob do’koni men borgan kitob do’konlarini orasida eng kichkinasi. Seouldagi Kyobo, Berlindagi dagi Dussmann, Belgiyadagi Waterstones kitob do’konlari ancha katta. Shunga qaramasdan bu kitob do’koni 1853 yildan beri o’z faoliyatini yuritib boradi.
Bu kitob do’koni va men borgan boshqa kitob do’konlari xaqida gaplashish uchun alohida blog post yozish kerak 😊.

Oldingi xafta borganimda DK nashiriyotining kitoblariga ko’zim tushdi. To’g’risini aytsam tokchada turgan kitobni qayerdadir ko’rganman lekin qayerda ekanligini xech eslay olmadim.

Kitobni varaqlay boshladim lekin hech xam esimga tushmadi qayerda ko’rganim. Ammo kitobdagi maqolalarni ayrimlarini o’qiganim esimda. Uyimda bu kitob yo’qligini aniq bilardim. Harakat qilsam xam eslay olmadim. Bu kitobni yonida esa eslay olmayotgan miyamga ishora qilib mana shu kitob turardi 😥.

Vaqt o’tib eslash qobiliyati yomonlashgani va ko’p narsalarni esdan chiqara boshlaganim uchun xam kitobni varaqlay boshladim. Kitobni mundarijasini o’qib bu kitobda nimalar xaqida so’z yuritilganligini bilib olsa bo’ladi (Ingliz tilidagi aksariyat kitoblarda mundarija kitobni avvalida bo’ladi). Meni o’ziga tortgan mundarijadagi mana shu sarlavhalar edi:

Why We Forget?
Uzoq o’ylamasdan 144 betni ochdim. “Why We Forget”, ya’ni “Nega biz esdan chiqaramiz?” sarlavxasi ostida quyidagicha yozuvlar bor edi:
Nima uchun narsalarni unutishimizni tushuntirish uchun ko'plab nazariyalar mavjud. Ba'zi olimlar bizning barcha xotiralarimiz miyamizda qoladi ammo biz ularga access (shu so’zni qancha harakat qilsam ham, tarjima qila olmadim. Rus tilida доступ O’zbek tilida esa kirish deb tarjima qilinar ekan; lekin bu tog’ri tarjima emas, nazarimda) qilish qobiliyatini yo’qatamiz. Xotiralarimiz bir biriga aralashib ketishi ham bunga sabab bo’lishi mumkin.

Yangi o’qib o’rgangan narsamizni oylar, yillar o’tib esdan chiqaramiz. 10 yil o’tgandan so’ng esa eslay olmaymiz.

Yuqoridagi visual infografika miyamizdagi neyronlarga murojat etganimizda qanday ishlashi tasvirlangan.

What is memory?
Xo’sh xotirani o’zi nima? Kitobni 134 betida quyidagicha izoh berilgan.
Bizning xotiramiz tajribamizdan kelib chiqqan xolda yangi narsalarni o’rganishga yordam beradi va bizni shaxs sifatida shakillanishimizni ta’minlaydi.
Bu gaplar qanchalik ahamiyatga ega ekanligini o’ylab ko’ring. Biz bolaligimizdan eslab qolish qobiliyatimizni rivojlantiramiz. Yangi so’zlarni eslab qolamiz, onamizning tovishini-yu, daraxtda sayrayotgan qushni ovozini eslab qolamiz. Issiq choynakni ushlamaslik kerakligini aytmasa ham bo’ladi.

Afsuski maktabda, universitetda xotirani yaxshilash yoki eslab qolish ko’nikmasini shakllantirish bo’yicha dars o’tilmaydi. Ammo bizni aynan eslab qolish qobiliyatimizga asoslanib baxolashadi har doim.
Intelekt
Intelekt - bu bizni qanday qilib ma’lumotni atrof muxitdan olishimizni, uni o’z bilimlar asosida tahlil qilishimizni, yangi ma’lumotni eslab qolishimizni va uni xayotda qanday qo’llay olishimizga aytiladi.

Yuqori intelektli insonlar yangi ma’lumotni eslab qolshni va uni kerak joyda qo’llay olishlari bilan ajralib turishar ekan. Nega bizda eslab qolish ko’nikmasini muximligi va uni qanday qilib rivojlantirishni hech kim o’rgatmaydi yoshligimizda? Axir bunga talaygina kitoblar, qo’llanmalar, va materiallar bor.
Storying Memories
Xo’p, maylin, hechdan ko’ra kech deganlaridek, xotira qanday qilib kuchaytirishdan oldin uni qanday shakllanishini ko’raylik.

- Yanigi narsalarni o’rganish (Learning) - biz yangi narsalarni o’rganish jarayonida olingan ma’lumotni neyron bog’lanishlari shaklida miyamizda saqlaymiz. Yoki bilgan bilimlarimizni saqlangan neyronlarga boruvchi yo’llarni yanada ko’paytiramiz/yaxshilaymiz.
- Uyqu (Consolidation) - biz uhlayotganimizda biz olgan yangi ma’lumotlar uzoq xotiraga saqlab qo’yiladi. (Yani 10 varoq kitob o’qigandan kegin bir uhlab olgan yahshi ekan 😊). Va bu ma’lumotlar boshqa faktorlar ta’siri kamayadi. Har kuni nechi soat uxlaysiz? O’qib o’rgangan narsalaringiz orasida bog’lanish xosil qilishga yetarlicha vaqt bo’larmikin? Men bilgan aksariyat odamlar o’zlarini uyqudan tiyishadi. O’yin o’ynashadi, kino ko’rishadi uxlash o’rniga. Serialni keyingi qismini ko’rib kegin uxlayman deb nechta keyingi qismini ko’rib qo’ygan vaqtlarim bo’lgan o’zimda ham.
- Eslash (Retrieval) - Uyqudan turganingizdan so’ng eslab qolgan bilimingiz qaytadan eslash osonlashadi. O’rgangan bilimingiz va undan oldingi xotiralaringiz orasida yangi bog’lanishlar xosil bo’ladi. Ya’ni o’rganilgan materialni yaxshiroq tushuna boshlaysiz.
Ammo vaqt o’tib baribir esdan chiqadi-ku deyishingiz mumkin, buni oldini olish uchun o’rganilgan ma’lumotni qaytadan eslab turish kerak. Buning uchun “Spaced Repetition” texnikasidan foydalanish mumkin.

Ya’ni ma’lumotni bir kunda o’rganib uni uzoq muddat eslab qolish uchun uni takrorlab turing. Bilganingizni boshqa odamlar bilan bo’lishing, yaqinlaringizga aytib bering, bu xaqida boshqa ma’lumotlar taxlil qiling.
Har xil ma’lumotni eslab qolishning har xil usullari bor - bu xaqida o’zingiz Internetda qarab ko’ring. Yoki qiziq bo’lsa shu post chiqqan kanalda o’z fikringizni qoldiring (Balkim bunga aloxida to'xtalarman). Kitobda berilgan “Memory Palace” haqida esa juda ko’p gapirilgan shunga bu erda yozmadim. Masalan Sherlock Holms serialida:

Summary
Eslab qolish ko’nikmasi dasturchilar xayotida juda muxim. Misol uchun, yangi ma’lumotlarni birinchi qo’ldan olish uchun Ingliz tilini o’rganish kerak. Unda juda ko’p yangi so’zlarni va gramatik formulalarni eslab qolish kerak bo’ladi. Yangi dasturlash tilini o’ganganizda ham xuddi shunday. Yangi texnologiyalarni o’rganganizda ham. Siz interviewga borganingizda ham aynan eslab qolish qobiliyatingiz yordam beradi. Umrida yoddan eslab qolmagan odam dasturlash bo’yicha interview da Depth First Search ni yozib bera olmaydi. Oddiy String methodlarni eslab qolmagan odam interviewda qiynaladi. Ohirgi 6 oy davomida interview jarayonida qatnashgan bo’lsam bu xolatni juda ko’p kuzatayapman. Eslab qolgan narsangizni ham eslab turing. Bo’lmasa yoddan chiqib ketadi. Men “The Literature Book” ni qayerda ko’rganim baribir eslay olmadim - neyron bog’lanishlar butunlay yo’qolganga o’xshaydi 😟.
Bizni eslab qolishimiz bo’yicha baholanadigan davrda xotirani mustaxkamlang.
Men esa kelasi postlarda uchrashguncha deb qolaman.
PS: Kitobni sotib oldim oxiri oqibat. Sizga xam tavsuyu.