“Biz korrupsiyaga qarshimiz”

“Biz korrupsiyaga qarshimiz”


Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fakultetlararo chet tillar kafedrasi mudiri Fayzulloyev O.M boshchiligida “Biz korrupsiyaga qarshimiz”mavzusida kafedra professor-o‘qituvchilari bilan davra suhbati o'tkazildi.


 Buxoro davlat universiteti rektorining 13-mart 2024-yildagi 155-U-sonli buyrug‘iga ko'ra Buxoro davlat universitetida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni tahlil qilish va ularning natijalarini e’lon qilish tartibi to‘g‘risida maxsus YO‘RIQNOMA ishlab chiqilgan bo'lib, ushbu yo'riqnoma Buxoro davlat universitetida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni tahlil qilish va natijalarini e’lon qilish tartibini belgilaydi.


Fakultetlararo chet tillar kafedrasida ham ushbu yo'riqnomaning quyidagi

2. Qonun hujjatlarida universitet tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni tahlil qilishda ushbu Yo‘riqnomadan boshqa talablar belgilangan taqdirda, qonun hujjatlari talablariga rioya etiladi. 

3. Yo‘riqnomaning asosiy maqsadi universitetda korrupsiya holatining tizimli tahlil qilinishini ta’minlash, korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan sohalar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish hisoblanadi. 

4. Yo‘riqnomaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: universitetda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni tahlil qilish va ularning natijalarini e’lon qilishga doir ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish; universitetda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni tahlil qilish va natijalarini e’lon qilish yo‘nalishida yagona amaliy yondashuv shakllanishini ta’minlash; korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash bo‘yicha tahlillar o‘tkazishda xodimlar tomonidan nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, bunday salbiy holatlarni keltirib chiqaradigan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan profilaktik tadbirlarni amalga oshirish.

5. Ushbu Yo‘riqnomada quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni tahlil qilish – korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni aniqlash maqsadida davlat organlari (tashkilotlari)da o‘tkaziladigan ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, tahlil qilish va baholash (keyingi o‘rinlarda – tahlil) bilan bog‘liq faoliyat; rejali tahlil – davlat organi (tashkiloti) rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan ish rejaga muvofiq korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladigan tahlil; rejadan tashqari tahlil – davlat organi (tashkiloti) tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va holatlarda amalga oshiriladigan ish rejasida ko‘rsatilmagan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladigan tahlil kabi bandlariga amal qilingan holda turli tadbir hamda davra suhbatlari o'tkazilib kelinmoqda.


Bugun ham kafedra mudiri Fayzulloyev O.M yuqoridagi loyiha bo'yicha o'tkazilgan davra suhbatida o'z taqdimoti bilan qatnashdi hamda o'qituvchilarga kerakli bo'lgan ma'lumotlarni berib o'tdi.

Report Page