Biz haqimizda

Biz haqimizda

Equip.uz

MChJ "PX SERVIS" 2002-yilda tashkil etilgan kompaniya, turistik xizmatlarni sertifikatlash bo'yicha faoliyat yuritib kelmoqda.

Kompaniya o'z faoliyatini kengaytirish maqsadida 2011-2016 yillar davomida "Xalqaro taraqqiyot" uyushmasi amalga oshirgan "Qishloq xo'jaligi korxonalarini qo'llab-quvvatlash" loyihasi bo'yicha Respublikamiz viloyatlarida qishloq xo'jaligiga zamonaviy texnologiyalarni tadbiq qilish bo'yicha amaliy seminarlar o'tkazdi.

2017-yildan boshlab esa kompaniya equip.uz yangi loyihasini ishga tushirdi. Bu loyiha doirasida tadbirkorlarimiz o'z ishlab chiqarishlarini yo'lga qo'yishlari uchun kerak bo'ladigan barcha konsalting xizmatlar ko'rsatiladi. Loyiha equip.uz saytiga bog'langan bo'lib, saytda oziq-ovqat, qadoqlash, qishloq xo'jaligi, qurilish, kimyo va boshqa sohalardagi zamonaviy uskuna va texnologiyalar bilan tanishish, ularni buyurtma qilish mumkin.

Kompaniya o'z faoliyatini O'zbekiston Savdo-Sanoat Palatasi bilan yaqin hamkorlikda olib boradi.

ASOSIY FAOLIYAT YO'NALISHLARIMIZ:

▬  Ishlab chiqaruvchilarga zamonaviy texnologiyalar va uskunalar bozori haqida axborot berish;
▬  Texnologik uskunalar tanlash va sotib olishda bevosita yordam ko'rsatish;
▬ Investitsiyalarni jalb etishga ko'maklashish;
▬ Turistik xizmatlarni sertifikatlash.

MA'LUMOT BAZAMIZ:

Bugungi kunda Germaniya, Italiya, Avstraliya, Fransiya, Gollandiya, Daniya, Avstriya, Turkiya, Rossiya, Ukraina va boshqa 20 dan ortiq mamlakatidan 1000 dan ortiq turli xil uskunalarni ishlab chiqaruvchilarning keng ma'lumotlar bazasi yaratildi va kengayib borilmoqda.

KOMPANIYA VIDEOSI:

Report Page