“Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz!”

“Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz!”

TKTI Shahrisabz filiali matbuot xizmati

Bugungi kunda barcha davlatlarni diniy ekstremizm va terrorizmning xavfi, ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar ongiga ta‘siri, tinchlik degan ne‘matning qadriga yetish, Vatani, ona –yurtining tinch-totuvligi uchun doimiy ogoh bo‘lishi tinch zamonda turli ekstremistik oqimlar jamiyatdagi ijtimoiy-ma‘naviy muhitga ta‘sir o‘tkazishi kabi muammolar tashvishga solayotgani sir emas.

Joriy yilning 17-oktabr sanasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali talaba-yoshlari o‘rtasida diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlariga qaratilgan prafilaktik tadbirlarni kuchaytirish maqsadida  “Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz!” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.  

Tadbirda Qashqadaryo viloyati IIB xodimi F.Muxammadiyev, Shahrisabz shahar hokimligi ma’naviyat bo’limi bosh mutaxassisi A.Uzoqov hamda filial professor-o’qituvchilari va talabalari ishtirok etdi. 

Tadbir davomida diniy ekstremistik oqimlar ta‘siriga tushib qolgan insonlar qismati va uning oldini olish to‘g‘risidagi tavsiyalar slaydlar orqali ishtirokchilarga yetkazildi.

Talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis xodimlar javob berdilar.



Report Page