“Biz – Buyuk Sohibqiron izdoshlarimiz!” koʻrik-tanlovi Nizomi

“Biz – Buyuk Sohibqiron izdoshlarimiz!” koʻrik-tanlovi Nizomi

Ahror Sodiqov

Yoshlar oʻrtasida Amir Temur merosini keng oʻrganishga bagʻishlangan

“Kuch-adolatdadir” shiori ostidagi “Biz – Buyuk Sohibqiron izdoshlarimiz!” koʻrik-tanlovini oʻtkazish boʻyicha

NIZOM

 

1. Ushbu Nizom yoshlar oʻrtasida Amir Temur merosini keng oʻrganishga bagʻishlangan “Kuch-adolatdadir” shiori ostida “Biz – Buyuk Sohibqiron izdoshlarimiz!” koʻrik-tanlovi (keyingi oʻrinlarda – Tanlov)ni tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.

2. Mazkur tanlov viloyatimizda Amir Temur tavalludining

688-yilligini munosib nishonlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning yoshlar oʻrtasida Amir Temurning boy maʼnaviy merosini keng targʻib qilish, yoshlarni ona yurtga sadoqat va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini yanada kuchaytirish boʻyicha bergan topshiriqlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishidagi vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etiladi.

3. Tanlovda oʻz hududi tarixini chuqur oʻrganish, ajdodlari merosini asrab-avaylash, Sohibqiron Amir Temurning davlat boshqaruvi, harbiy salohiyati, mustahkam davlatchilik asoslarini joriy etishi, madaniyat va sanʼat homiysi sifatida olib borgan ezgu ishlari, bunyodkorlik amallari, oila boshqarishdagi udumlari hamda “Temur tuzuklari”da bergan oʻgitlarini chuqur bilishga ishtiyoqi boʻlgan, harbiy-vatanparvarlik gʻoyalariga sadoqat bilan ulgʻayayotgan umumtaʼlim maktablarining yuqori sinf oʻquvchilari, professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari, oliy taʼlim muassasalari talabalari qatnashadi.

II. Tanlovning maqsadi

Tanlovning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

- yoshlarda Amir Temur va temuriylar davriga boʻlgan qiziqish va eʼtiborni yanada oshirish;

-ajdodlar merosi va tarixni chuqur oʻrganishni burch va majburiyat sifatida his etilishiga erishish;

-yoshlar oʻrtasida vatanparvarlik gʻoyalarini targʻib etish orqali, ularning taʼlim olishlari va oʻz bilim, isteʼdodlarini namoyon etishlari uchun qulay shart-sharoit yaratish;

-harbiy vatanparvarlik tuygʻularini yoshlar qalbida mustahkam boʻlishiga erishish, oʻz ajdodlaridan faxrlanib, ularga munosib boʻlib ulgʻayishi uchun zamin yaratish.

III. Tanlovda ishtirok etish tartibi

Tanlovda viloyatdagi umumtaʼlim maktablarida taʼlim olayotgan yuqori sinf oʻquvchilari, professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari, mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar oliy taʼlim muassasalari oʻz xohishiga koʻra ishtirok etadi.

IV. Tanlovning tashkiliy qoʻmitasini tashkil etish tartibi

-tanlovni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha viloyat komissiya tarkibi viloyat hokimligi tomonidan, tuman (shahar) komissiyasi tarkibi tuman (shahar) hokimliklari tomonidan shakllantiriladi.

-komissiya tanlovni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq jarayonlarni boshqaradi.

-viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi, oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar viloyat boshqarmasi, viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi, viloyat sport boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi, tuman (shahar) hokimliklari asosiy ijrochi tashkilotchilar hisoblanadi.

4.1.Viloyat komissiyasi quyidagi huquqlarga ega:

-majlis qarori bilan oʻz aʼzolarini tanlovni oʻtkazish ishlarini tashkillashtirish uchun masʼul sifatida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat (tumanlar va shaharlar) idoralariga biriktirish;

-oʻz aʼzolaridan iborat komissiya tuzish hamda tanlovda ishtirok etishayotgan oʻquvchilarning bilim va isteʼdodlari va mahoratlarini adolatli baholash;

-tavsiya etilgan gʻoliblarning taqdirlash boʻyicha tegishli qaror qabul qilish.

V. Tanlovni oʻtkazish bosqichlari va muddatlari

5.1. Birinchi bosqich (1-martgacha) tuman (shahar) hokimliklari tomonidan mahallalarda tashkil etiladi. Ushbu bosqichga yoshlar ishtirokini taʼminlashda mahallalardagi yoshlar yetakchilari va taʼlim muassasalari rahbarlari masʼul hisoblanadi.

Aniqlangan gʻoliblar tuman (shahar) bosqichiga tavsiya etiladi.

5.2. Ikkinchi bosqich (1-martdan – 1-aprelgacha) tuman (shahar) bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etilgan yoshlar oʻrtasida tashkil etiladi va gʻoliblar viloyat bosqichida ishtirok etishi uchun tavsiya etiladi.

5.3. Uchinchi bosqich (15-aprelgacha)da viloyat bosqichi oʻtkaziladi va tanlov gʻoliblari aniqlanadi.

5.4. Viloyat bosqichi gʻoliblari aprel-may oylarida eʼlon qilinadi va Shahrisabz shahrida boʻlib oʻtadigan tadbirda tantanali taqdirlanadi.

VI. Tanlov gʻoliblarini aniqlash va taqdirlash

6.1. Tanlov gʻoliblari har bir yoʻnalish boʻyicha ishlab chiqilgan baholash mezonlari asosida aniqlanadi va taqdirlashga tavsiya etiladi.

1-yoʻnalish -“Amir Temur tarixi bilimdoni”:

 -1-oʻrinni olgan gʻolibga 5 million soʻm pul mukofoti va oʻqiyotgan taʼlim muassasasi kutubxonasiga 500 ta kitob toʻplami taqdim etiladi.

-2-oʻrinni olgan gʻolibga 3 million soʻm pul mukofoti va oʻqiyotgan taʼlim muassasasi kutubxonasiga 300 ta kitob toʻplami taqdim etiladi.

-3-oʻrinni olgan gʻolibga 2 million soʻm pul mukofoti va oʻqiyotgan taʼlim muassasasi kutubxonasiga 100 ta kitob toʻplami taqdim etiladi.

2-yoʻnalish – “Biz alplar avlodlarimiz” (milliy kurash, tosh koʻtarish, tosh uloqtirish, kamondan oʻq otish turlari boʻyicha):

har bir tur boʻyicha 1-oʻrinni olgan gʻolibga 5 million soʻm pul mukofoti va oʻqiyotgan taʼlim muassasasiga 15 turdagi sport anjomlari taqdim qilinadi.

har bir tur boʻyicha 2-oʻrinni olgan gʻolibga 3 million soʻm pul mukofoti va oʻqiyotgan taʼlim muassasasiga 10 turdagi sport anjomlari taqdim etiladi.

har bir tur boʻyicha 3-oʻrinni olgan gʻolibga 2 million soʻm pul mukofoti va oʻqiyotgan taʼlim muassasasiga 5 turdagi sport anjomlari taqdim etiladi.

 3-yoʻnalish“Ijodimda Amir Temur davri tasviri” (rang-tasvir, grafika, amaliy sanʼat, xaykaltaroshlik sanʼati boʻyicha);

 har bir yoʻnalish boʻyicha 1-oʻrinni olgan oʻquvchiga 5 million soʻm pul mukofoti va oʻqiyotgan taʼlim muassasasiga 10 turdagi mehnat anjomlari taqdim etiladi.

har bir yoʻnalish boʻyicha 2-oʻrinni olgan oʻquvchiga 3 million soʻm pul mukofoti va oʻqiyotgan taʼlim muassasasiga 8 turdagi mehnat anjomlari taqdim etiladi.

har bir yoʻnalish boʻyicha 3-oʻrinni olgan oʻquvchiga 2 million soʻm pul mukofoti va oʻqiyotgan taʼlim muassasasiga 5 turdagi mehnat anjomlari taqdim etiladi.

6.2. Tanlov natijalari va gʻoliblarning roʻyxati viloyat hokimligining rasmiy sayti hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.

6.3. Tanlovni oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash xarajatlari viloyat mahalliy byudjetning orttirilgan qismi va homiylik mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

 


Report Page