Havodagi harakatni boshqarish dispetcheri lavozimiga ICAOning 4-darajali sertifikatini olgan bitiruvchilariga tanlov e'lon qilinadi

Havodagi harakatni boshqarish dispetcheri lavozimiga ICAOning 4-darajali sertifikatini olgan bitiruvchilariga tanlov e'lon qilinadi


«O‘zaeronavigatsiya» Markazi DUK tomonidan 25-26 mart kunlari ICAO shkalasi bo‘yicha ingliz tilining 4-darajali sertifikatiga ega bo‘lgan ta’lim muassasalari bitiruvchilarining «Havodagi harakatni boshqarish» mutaxassisligi bo‘yicha navbatdagi tanlovi o‘tkaziladi. 

Tanlovdan o‘tishga 19 yoshdan kichik bo‘lmagan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan, o‘zbek, rus va ingliz tillarini biladigan, «Havodagi harakatni boshqarish» yo‘nalishi bo‘yicha ma’lumotli diplomga ega bo‘lgan shaxslarga ruxsat beriladi.

 Izoh: xorijiy oliy bilim yurtini tugatganligi to‘g‘risida diplom taqdim etilgan taqdirda, qo‘shimcha ravishda xorijiy diplomini nostrifikatsiya qilish jarayonidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlarni, shuningdek, uning ijobiy qarori bilan taqdim etilishi kerak.

«Nomzodlarni ro‘yxatga olish»ning I -bosqichi 2024 yil 25 martda soat 09.00 dan    16.30 gacha bo‘lib o‘tadi.

 Taʻlim muassasalari bitiruvchilari ro‘yxatdan o‘tishlari shart, shundan so‘ng ular tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritiladi (ushbu tartibotni o‘tkazilish zarurligi, barcha tegishli hujjatlarni, hamda tanlovni rejalashtirishni tashkil etish bilan bog‘liq).

Ro‘yxatdan o‘tish tartibotining jarayoni uchun, nomzod tanlov komissiyasi kotibiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:

- Pasport (nusxasi);

- Bilim yurtini tugatganligi to‘g‘risidagi Diplom baholash varaqasi bilan (nusxasi);

 - ICAO shkalasi boʼyicha ingliz tili 4 chi darajadan past boʼlmagan (Certificate nusxasi).


Report Page