Bitcoin qulamoqda! Pufak yorildi(mi?)!

Bitcoin qulamoqda! Pufak yorildi(mi?)!

Qobiljon

So'nggi kunlarda ko'pchilikning e'tibori eng mashhur kriptovalyuta Bitcoinning qulashiga qaratilgan. Aprelda 1 donasi uchun $40.000 turgan kriptovalyuta ayni vaqta $19.000 atrofida sotilmoqda. Bunga sabab nimada? Nahotki, iqtisodchilar aytgan "pufak" yorildi?

Bitcoin 2008-yillardan ommalashishni boshlagan edi. Uning ustunlik tomoni shundaki, uni istalgan odam o'z shaxsiy kompyuterida tekinga "ishlab chiqarishi" mumkin edi. Keyinchalik, qora bozorda turli noqonuniy tovar va xizmarlar uchun to'lov vositasiga aylangan kriptovalyuta 2018 yilga kelib bir donasi uchun $17.000 narxga ega bo'ldi. To'g'ri, orada keskin tushishlarga ham uchrabdi, lekin, tez orada kriptovalyuta o'z qadarini tiklab oldi va hattoki o'sish bo'yicha yangidan yangi rekordlarni egallay boshladi.

Jumladan, 2021-yilning qishi va bahorida u bir donasi uchun $50.000 qiymatdan o'tdi, shu yilning noyabr oyida esa hattoki $64.000 dollardan ham oshdi. Ko'pchilik uni vaqt o'tishi bilan $72.000, keyinchalik esa donasi uchun $80.000, 2022 yilning kuzida esa hattoki $100.000 qiymatni zabt etadi deb bashorat ham qilgandi.

Bitcoinning maksimal egallagan qiymati 7-noyabr 2021-yil

Dunyo bo'ylab millionlab odamlar Bitcoin ishlab chiqaruvchi kriptomaynerlarga aylandi, unga milliardlab investitsiya ham kiritdi. Hattoki, amerikalik milliarder Ilon Mask Tesla avtomashinalarini Bitcoinda sotishi haqida qaror ham qabul qildi.

Xop, unda nega hozir uning narxi keskin qulamoqda?

Bitcoinning bir jiddiy kamchiligi bor - u hech kim tomonidan kafolatlanmaydi. Bu nima degani - odatda biror xomashyo yoki valyuta kursining o'zgarishi o'sha xomashyo yoki valyuta tegishli bo'lgan mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotiga bog'liq. Agar valyuta keskin qadrsizlansa markaziy bank uning kursini ushlab turish uchun qattiq choralar ko'radi. Valyuta yoki xomashyo ustida amalga oshiriladigan har qanday firibgarliklar turli mas'ul tashkilot va organlar tomonidan qat'iy nazoratga olinadi va vaqti kelganda javobgarlar jazolanadi. Bitcoinda esa unday emas: uni yaratgan odam ham, uning manbasi ham mavxum. Shu sabab uni istalgancha chayqatish mumkin. Va bu ish bilan juda ko'p bor shug'ullanishgan.

Aslida bunday kamchilik deyarli barcha kriptovalyutalarda mavjud. Lekin, Bitcoinda bu juda qattiq bilinadi. Qo'shimchasiga, Bitcoinning kursi boshqa kriptovalyutalarning kursiga ham jiddiy ta'sir qiladi.

Narx nega keskin qulamoqda? Bitcoin avval ham keskin qulashlarga uchragan, jumladan, 2021-yilning aprel va may oylari orasida $57.000 dan $33.000 ga tushib ketgan. Lekin, hozirgi vaziyat avvalgilaridan keskin farq qiladi. Ukrainadagi vaziyat, AQShdagi tarixiy inflyatsiya va olib borilayotgan siyosat Bitcoinning kursiga jiddiy ta'sir qilmoqda. Bundan tashqari, yirik bozor egalarining o'z aktivlarini katta miqdorda sotishi bozorda sarosima uyg'otmoqda.

Olovga moy sepgandek, Celsius kabi yirik kriptovalyuta bilan shug'ullanuvchi kompaniyalar mijozlarga o'z kriptolarini chiqarish imkoniyatlarini berkitib qo'yishi "pufak yorilganini" anglatmoqda. Bunday bo'lishiga quyidagi ehtimollar sabab bo'lishi mumkin:

Ehtimol 1: yirik bozor ishtirokchilari oddiy odamlarni kriptovalyutaga milliardlab mablag' kiritishini kutgan, shunday bo'lgandan so'ng esa barcha aktivlarini sotgan holatda bozorni bankrot qilmoqda (piramida quladi).

Ehtimol 2: yirik bozor ishtirokchilari kriptovalyuta narxini minimal darajaga tushirmoqchi va ma'lum bir nuqtaga yetib kelganda uni arzon narxda ko'tarasiga sotib olib, narxni yana keskin oshirmoqchi (boshqacha aytganda - chayqovchilik).

Ehtimol 3: Bitcoin o'z davrini yashab bo'ldi va haqiqattan ishonchsiz sarmoya ekanligini isbotladi. Pufak yorildi!

Yuqoridagilarning bari oddiy taxminalar, xolos. Bitcoin juda katta investorlar tomonidan yo'naltiriladi, lekin 100% boshqarilmaydi, shu sabab uning ertangi kelajagi haqida aniq biror nima deb bo'lmaydi!

Report Page