«Birlik MFY yoshlari» guruhining asosiy qoidalari

«Birlik MFY yoshlari» guruhining asosiy qoidalari

Jonibek Isaboyev Birlik mfy🌍


Guruhining asosiy maqsadi kanalda e'lon qilinayotgan postlarga fikr, taklif va munosabat bildirishdir. Bundan tashqari, ushbu guruh orqali yoshlar yetakchisi Jonibek Isaboyevga. o'z taklifingizni yuborishingiz mumkin.


1. Guruh a’zolari O‘zbekiston Respublikasi (O‘zR) qonun-qoidalari va ushbu guruhning asosiy qoidalariga (Qoidalar) rioya etish majburiyatini oladilar.


2. Qoidalarni bilmaslik, ular bilan tanishib chiqmaganlik, ularga rioya etmaslikka bahona bo‘lmaydi.


3. Guruh a’zolari o‘z izohlarini Qoidalarga mosligi uchun shaxsan javobgardirlar.


4. Guruhda muhokamalar o‘zaro hurmat doirasida bo‘lishi shart.


5. Qoidalarni buzilishiga qarab, guruh administratorlari foydalanuvchilarning izohni o‘chirishlari, post egasini guruhdan chiqarib yuborishlari va butunlay guruhga kirish huquqidan mahrum qilishlari mumkin.


6. Ushbu Qoidalarda ko‘rsatilmagan holatlar bo‘yicha guruh administratorlari o‘zaro ichki muhokama qilgan holatda qaror qabul qiladilar. Ularning qabul qilgan qarori ushbu Qoidalarni o‘zgartirilishiga sabab bo‘lishi mumkin.


Quyidagi holatlar guruhda qat'iyan taqiqlanadi:


1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsion tizimiga tajovuz qilish va qonun-qoidalarini buzishga chorlash. O‘zbekistonni va O‘zbekiston fuqarolarini kamsitish.


2. O‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari, an’analari va dinlarini kamsitish, millatlararo va dinlararo tortishuvga chorlash.


3. O‘zbekiston hududida tug‘ilgan joyiga nisbatan kamsitishga va mahalliychilikka yo‘l qo‘yish.


4. Haqoratli so‘zlar ishlatish, guruh a’zolarining shaxsiyatiga tegish, guruh administratorlari ogohlantirishlariga e’tiborsizlik qilish.


5. Huquqqa ega bo‘lmay, o‘zini guruh administratori yoki moderatori qilib ko‘rsatish, shu jumladan, bunga imo qiladigan nik yoki avatarlarni ishlatish.


8. Ochiq reklama xarakteridagi postlar (izohlar) yozish va havolalar keltirish.


Asosiy tavsiyalar:


1. Odob-ahloq qoidalariga qat'iyan rioya qilish.


2.Guruh maqsadlariga to‘g‘ri kelmaydigan, be’mani va yengiltak postlarni (izohlarni) yozmaslik.


3. Yolg‘on ishlatmaslik.


4. O‘zbek tilini ataylab buzib har xil qisqartmalarni va simvollarni ishlatmaslik.



Report Page