Birjaning benzin bozorida taklif darajasi pasaygan

Birjaning benzin bozorida taklif darajasi pasaygan

"O'zRTXB" AJ PR bo'limi

Joriy yilning so‘nggi oylarida O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining AI-80 markali avtomobil benzini bozorida talab va taklifning nomutanosibligi kuzatilmoqda.

Xususan, joriy yil yanvar oyida sotuvchi korxonalar har kuni birja savdolariga o‘rtacha 4 307 tonna AI-80 markali benzinini qo‘yib kelishgan bo‘lsa, may oyida ushbu ko‘rsatkich 3 022 tonnagacha (30% ga) pasayib ketgan.

Shu jumladan, joriy yil may oyining o‘tgan davrida “Buxoro NQIZ” MCHJ tomonidan birja savdolariga mahsulot qo‘yish hajmlari aprel oyining mos davriga nisbatan 15% ga pasaygan.

Shu bilan birga, ayni paytda birja savdolariga qo‘yilayotgan benzin to‘liq hajmda sotilmoqda. Bu, o‘z navbatida, ushbu mahsulotga bo‘lgan talab yuqori darajada ekanligidan dalolat beradi.

Shu munosabat bilan birjaning mazkur segmentida kichik tebranishlar kuzatilmoqda. Jumladan, joriy yil may oyida AI-80 markali benzinning birjada shakllangan o‘rtacha narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 8 208,9 ming so‘mdan 8 345,1 ming so‘mgacha, ya’ni 2% ga ko‘tarilgan.

Eslatib o‘tamiz, turli manbalarda keltirilishicha avtomobil benzinning bir tonnasi o‘rtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.


Report Page