Bir koʻchat — ming nafas!

Bir koʻchat — ming nafas!

O'zbekiston Ekologik partiyasi Farg'ona viloyat Kengashi matbuot xizmati

Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil hududlarni asrab-avaylash maqsadida hududda daraxtlarni, butalarni, boshqa oʻsimliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, shikastlantirish, yoʻq qilish yoki boshqa joyga koʻchirib oʻtkazish holatlari boʻyicha tahlil ishlari oʻtkazildi.

Shu bilan birga, oʻsimlik dunyosidagi tabiiy muvozanatni tiklash va koʻpaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonunbuzarliklarning oldini olish uchun tizimli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Jamoatchilik eshituvi doirasida tegishli tashkilotlarning hisobotlari tinglandi, yakuniy xulosa va tavsiyalar berildi. Shuningdek, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar samaradorligini taʼminlash maqsadida masʼul tashkilotlar bilan hamkorlikda tizimli ish olib borish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Bu chora-tadbirlar tabiatimiz sogʻlomligi, shahar va qishloqlarimiz goʻzalligi hamda kelajak avlod uchun sof havo va yashil muhit yaratishga xizmat qiladi.

Report Page